Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Sardor Milano va Sabina Mustaevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


12.11.2015

 

12 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustaevalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yosh xonandalar muxlislari, haftalik mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Yig‘ilganlarni Sardor Milano  va Sabina Mustaevalar ijodi bilan tanishtirar ekan, taniqli jurnalist B.Babaev ularning sahnadagi birinchi qadamlari, debyutlari haqida gapirib berdi. Shuningdek, yig‘ilganlar e’tiboriga Sardor Milano  va Sabina Mustaevalarning g‘alabalari muhrlangan, sohir ovozlari bilan barchani lol qoldirgan video-lavhalar namoyish etildi.
Ijodiy uchrashuv ishtirokchilarining savollariga javob berar ekan Sardor o‘z musiqiy yo‘nalishi – neo-klassika to‘g‘risida, “Glavnaya ssena” loyihasidagi ishtiroki to‘g‘risida gapirib berdi. “Men O‘zbekistonda tug‘ilganimdan, shunday go‘zal, baxtli yurtda yashayotganimdan, o‘zbekligimdan, osmonimiz musaffoligidan, mamlakatimiz taraqqiy etayotganidan, madaniyat va ma’naviyat yuksalib borayotganidan shodman”, dedi. Sabina esa “Golos” televizion dasturidagi chiqishlari haqida gapirdi va uning yutuqlaridan quvongan va unga ruhiy dalda berib turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligini izhor etdi. 
Uchrashuv ishtirokchilarining iltimoslariga ko‘ra Sardor va Sabina sahnalashtirilgan tanlov o‘tkazdilar, qo‘shiq kuylashga befarq bo‘lmagan ishtirokchilarning xonishlarini tingladilar va ularning qobiliyatlarini  bahloladilar.
Kelajakdagi rejalar to‘g‘risidagi savollarga Sardor hozirgi kunda O‘zbekiston yoshlar simfonik orkestri bilan birgalikda konsert dasturiga tayyorgarlik qilayotganini, Sabina esa yangi ashulular bilan dasturlarda chiqishlarga va gastrollarga tayyorgarlik kshrayotganini ma’lum qildilar.
Sardor Milano  va Sabina Mustaevalar O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga mazkur kitob bayramini tashkil etgani va ularni ijodiy uchrashuvga taklif qilganliklari, muxlislarni esa ularga bag‘ishlayotgan ilhombaxsh daldalari uchun minnatdorchilik bildirdilar. 
Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan suhbatdan taassurotlar oldilar va Sardor Milano va Sabina Mustaevalar dastxati qo‘yilgan suratlariga ega bo‘ldilar.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar