Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Malika va jodugar” romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


13.11.2015

 

13 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida ozarbayjon yozuvchisi Yunus O‘g‘uzning “Malika va jodugar” romanining o‘zbek tiliga tarjimasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi (tarjimon Usmon Qo‘chqor). Taqdimot G.Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Tadbir avvalida ozarbayjon yozuvchisi, olim Yunus O‘g‘uzning ijodi haqida hikoya qiluvchi video-lavha namoyish etildi. Taqdimot qatnashchilari Yu.O‘g‘uzning boshqa asarlari bilan, ularning mazmuni va mohiyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Turkiyshunos olim, publitsist, yozuvchi Yu.O‘g‘uz o‘zbek kitobxonlariga “Yuksalish sari” va “Dunyoning hokimi” nomli ikki romanni o‘z ichiga olgan  “Amir Temur” kitobi orqali tanish.
Kitob taqdimotida G.Aliev nomidagi Ozarbayjon milliy madaniyat markazi vakillari, tarixchi, tilshunos olimlar, tarjimonlar, jurnalistlar, shoirlar va yozuvchilar ishtirok etdilar. So‘zga chiqqanlar o‘zbek-ozarbayjon madaniy aloqalarining asoschilari Alisher Navoiy va Nizomiylarni e’tirof etdilar, shuningdek, Yu.O‘g‘uzning tarixiy tadqiqotlari va uning badiiy mahorati borasida alohida to‘xtaldilar.  
Ozarbayjon yozuvchisi Yunus Oguzning “Malika va jodugar” romani hozirgi kunda ommalashgan afsungarlik va sarguzashtlarga boy tarixiy janrda yozilgan. Undagi voqealar XVI asrda Safoviylar davlatida bo‘lib o‘tgan. 
Adib o‘zbek kitobxonlariga uning ijodiga bo‘lgan qiziqishi uchun, O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga esa mazkur taqdimotni tashkil etganligi uchun minnatdorchilik bildirdi
Taqdimot qatnashchilari o‘tkazilgan taqdimot bo‘yicha o‘z taassurotlarini izhor etdilar va Yu.O‘g‘uz dastxati qo‘yilgan kitoblarga ega bo‘ldilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar