“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida rassom Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
12.11.2015
12 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida rassom, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston badiiy akademiyasi a’zosi Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va K.Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti talabalari, haftalik mehmonlari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

A.Aliqulov uchrashuv qatnashchilariga o‘zinig rassomchilikka bo‘lgan ilk qiziqishlari, ijod yo‘liga kirishi, ustozlari va ular qo‘l ostida bajarilgan ishlar, shogirdlar va tarixiy janr tanloviga sabab bo‘lgan turtki haqida hikoya qildi. Uchrashuv davomida slayd-shou orqali kartinalar namoyish etib turildi, rassom esa ularning yozilish tafsilotlari va yilari bilan tanishtirib bordi.
A.Aliqulov o‘z rasmlarida tarixiy vokeliklarni va tarixni yaratgan insonlarni gavdalantiradi, bu esa undan chuqur bilimlarni, bardoshni va mehnatsevarlikni talab qiladi. Uning realistik rasm yo‘nalishiga insonlarning yaqin do‘stlari sifatida otlarni chizish xosdir. U respublika va xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchisi. Uning monumental rasmlari muzeylar, banklar, teatrlar va tashkilotlar, shuningdek O‘zbekistonning chet eldagi vakolatxonalari devorlarini bezab turibdi.

Rassom A.Aliqulov bilan uchrashuv suhbat tarzida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar zalda taqdim etilgan rasmlarni tomosha qilish, ularga nisbatan mulohaza yuritish, o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda savol berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. O‘z o‘rnida rassom ham sevimli rang, kartinalarni nomlash, ilhom bag‘ishlovchi omillar to‘hrisidagi savollarga batafsil javob berdi.
Ijodiy uchrashuv qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar bo‘lgan suhbatdan va tomosha qilgan rasmlardan katta taassurot oldilar Alisher Aliqulov ijodi bilan tanishganlaridan mamnun bo‘ldilar.