«INFOLIB-2015» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
13.11.2015
2015 yil 13 noyabr kuni «INFOLIB-2015» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekistondagi Milliy madaniy markazlarning badiiy chiqishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston – ko‘pmillatli mamlakat. Uda 120 millat vakillari do‘stona, ahil va inoq yashaydilar. Bunday madaniy va etnik xilma-xillik bir-birining madaniyatiga chambarchas bog‘lanib davlat iftixoriga aylanib bormoqda. Tadbirning maqsadi – ko‘pmillatli O‘zbekistonda yashovchi xalqlarnining bebaho madaniy boyligini ko‘rsatish.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Baynalmilal markaz qoshidagi milliy madaniy guruhlar o‘z milliy liboslari, ro‘zg‘or anjomlari, esdaliklar, milliy yozuvchi va shoirlarning kitoblari ko‘rgazmasini tashkil etdilar.

Bayram dasturida Toshkent shahar koreys milliy madaniy markazining “Syadal” raqs guruhi, Rus milliy madaniy markazining “Vosxod” bolalar raqs dastasi, Respublika Ozarbayjon milliy madaniy markazining “Ozarbayjon gizlari” ansambli, Toshkent shahar boshqird milliy madaniy markazining “Agidel” folklor dastasi, Toshkent shahar tatar madaniy-ma’rifiy markazi ishtirokchilari o‘z badiiy chiqishlari bilan ishtirok etdilar.

Dasturni Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar markazi “Zarb” doirachilar dastasi va “Nihol” davlat mukofoti sovrindori Gulasal Abdullaeva ishtirokidagi chiqishlar yakunladi. Bayram konsertidan so‘ng haftalikning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
