O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini tamomladi -
Bo`limga qaytish
13.11.2015
2015 yil 13 noyabr kuni axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirish va mashhur yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, artistlar, xonandalar va hunarmandlar bilan tanishtirishdan iborat “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini tamomladi. Haftalik doirasida kitob taqdimotlari, adabiyotlar, rasmlar va amaliy san’at namunalari ko‘rgazmalari, seminarlar, davra suhbatlari, ekskursiyalar, mahorat darslari, tanlovlar, aksiyalar, mashhur yozuvchi, shoir, rassom, artist, xonanda va noshirlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Haftalikning yopilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev, haftalikda faol ishtirok etgan barcha hamkorlarga, homiy tashkilotlarga, ishtirokchilarga, mehmonlarga minnatdorchilik bildirib, haftalikning hozirgi kunda dolzarbligi va ahamiyati to‘g‘risida alohida to‘xtaldi. Haftalik davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga 21.000dan ziyod kishi tashrif buyurdi, 40dan ziyod ekskursiya va taqdimotlar tashkil etildi, 40ga yaqin tadbirlar bo‘lib o‘tdi. gi o‘z ishini yakunladi. “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Ye.K.Betger xotirasiga bag‘ishlangan “Foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni” mavzusida “Betgerxonlik - 2015” kasbiy munozarali davra suhbati va “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasiga, ikkinchi o‘rin Andijon viloyati jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi.
