Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalq xunarmandchiligi bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


13.11.2015

 

2015 yil 13 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xalq xunarmandchiligi bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur mahorat darslarini o‘tkazishdan maqsad – yoshlarda estetik didni rivojlantirish va xalq hunarmandchiligi namunalarini tayyorlash uslublari bilan tanishtirish.
Mahorat darslarida hunarmandlar, hunarmandchilikka qiziquvchilar, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va haftalik mehmonlari ishtirok etdilar.
Namunalari “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida namoyish etilayotgan hunarmandlar, Toshkent viloyati, Pskent tumani hunarmandlar uyushmasi raisi Dilnoza Raxmonkulova, zargar, misgar Fotima Yusupova, Kamoliddin Bekzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti amaliy san’at fakulteti kulolchilik yo‘nalishi 2-bosqich talabasi  Sirojiddin Tursunovlar o‘z hunarlarining sir-asrorlari bilan tanishtirdilar va erishgan yutuqlari haqida hikoya qildilar.
Gilamdo‘zlik bo‘yicha mahorat darslarida trener gilamlarning pat gilam, ipak gilam, jun gilam, kigiz kabi turlari va archa, chumchuqko‘z, arabi kabi uslublari haqida ma’lumot berdi.  uslublar asosida bezashgan. Mahorat darsi qatnashchilari kichik dastgohlarda gilam to‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 
Kashtachilikka bag‘ishlangan mahorat darsida  kashtachilikning deyarli barcha xalqlarda mavjudligini, iqlim, tabiiy sharoit, muxitga bog‘liq xolda rivojlanganligi aytib o‘tildi. Shuningdek, kashtaning ish qurollari igna, ilmoqli igna, ilmoqli bigiz, angishvona, chanbarak va kandaxayol chinnixayol xomdo‘zi, yo‘rma, iroqi, popur, ilmoq, baxliya kabi keng tarqalgan choklari haqida ma’lumot berildi. Mazkur mahorat darslarida qatnashchilar ish jarayonini kuzatish va o‘zlari ham ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar