Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Xorijiy tillar kuni” bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


13.11.2015

 

“INFOLIB” Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Xorijiy tillar kuni”ni o‘tkazish an’anaga aylangan. Yosh avlodda ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va uni rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasidagi to‘rtinchi kun xorijiy tillarga bag‘ishlandi.
Unda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari va shartlari, xorijiy davlatlar ta’lim tizimi bilan tanishtiruvchi va u yerda ta’limni tugatgach istaqboldagi imkoniyatlar bilan tanishtiruvchi suhbatlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida ishtirokchilarga AQSh oliy ta’lim tizimi, abiturientlarga qo‘yiladigan talablar, kerakli hujjatlar va ularni topshirish muddati, AQSh oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish narhlari haqida so‘z bordi. Trener J.Nasretdinova talabalik hayoti va shu davrda ishlash imkoniyatlari, AQShga talabalik vizasini rasmiylashtirish to‘g‘risida ma’lumot berdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 
Ingliz tili bilimlari bo‘yicha xalqaro IELTS testlariga oid brifingda ishtirokchilar IELTS testlariga tayyorgarlik va uni topshirishga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. “Har yili 2 mln.ga yaqin odam IELTS testlarini topshiradilar. IELTS talabalar oldida katta marralar sari yangi imkoniyatlarni ochadi va nufuzli davlat va chet el oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatini beradi. IELTS natijalarini 8000 dan ziyod xalqaro tashkilotlar, davlat korxonalari, o‘quv dargohlari, ish bilan ta’minlash agentliklari tan oladilar”, -dedi Britaniya kengashi treneri N.Xodjaeva. Trener I.Ixlasova esa Buyuk Britaniya ta’lim muassasalari va ta’lim tizimi to‘g‘risida ma’lumot berer ekan, Buyuk Britaniya standartlari bo‘yicha egallangan bilim talabalarga yangidan-yangi kasbiy o‘sish imkoniyatlarini berishini va ularning diplomlari dunyoda tan olinishi haqida aytib o‘tdi.  
Xat va insho yozish ko‘nikmalari bo‘yicha trening mustaqil ijodiy fikrlash, fikrlarni yozma bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi AQSh elchixonasining tajribali treneri Vanessa Xalsa-Stotts ishtirokchilarga o‘z fikrini aniq va to‘g‘ri ifodalashga ko‘maklashdi, muvaffaqiyatli insho yozishga ko‘maklashuvchi kirish so‘zlar va iboralar bo‘yicha amaliy ma’lumotlar va foydali tavsiyalar berdi. 
Toshkentdagi Gyote instituti treneri Sayyora Turakulova nemis tilini o‘rganish bo‘yicha amaliy tavsiyalarga bag‘ishlangan treningda 
Nemis tilini o‘rganuvchilar uchun amaliy tavsiyalar, foydali va samarali uslublar va o‘quv dasturlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ishtirokchilar nemis tilini o‘rganishga yordam beruvchi, mustaxkam va asosli Inernet resurslari bilan tanishdilar va ular bilan ishlashni amalda sinab ko‘rdilar.
Koreys tili bilimlarini aniqlash bo‘yicha xalqaro TOPIC testi bilan tanishtiruvchi treningda avval “Maragi” koreys tili so‘zlashuv klubining faoliyati bilan tanishtiruvchi taqdimot bo‘lib o‘tdi. So‘ngra trener Rustamova Dilrabo ishtirokchilarni Koreya ta’lim tizimi, koreys tili bilimlarini aniqlash bo‘yicha xalqaro TOPIC testi bilan tanishtirdi va uni topshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarning Koreya Respublikasi madaniyati va tarixi borasidagi bilimlarini baholovchi tanlov bo‘lib o‘tdi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar