Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida «Yangi resurslar 2015» bilan tanishish imkoniyati - Bo`limga qaytish


13.11.2015
 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Infolib-2015”  IV Axborot - kutubxona  haftaligi doirasida  foydalanuvchilar yanada ko‘proq ma’lumot olishlari va yangi adabiyotlar bilan yaqindan tanishishlari uchun «Yangi resurslar 2015» rukni ostida adabiyotlarning ochiq ko‘rgazmasi tashkil qilinadi. Ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar bilan kuyidagi zallarda tanishishingiz mumkin: 
“Tafakkur” katta o‘quv zali – barcha fan sohalari bo‘yicha nashr etilgan adabiyotlar tadim etilgan. Masalan, “Traktor va avtomobil”, “Iqtisodiyot nazariyasi”, “O‘kituvchining yon daftari”, “Nauchnaya jurnalistika”, “Xirurgiya va reanimatsiya asoslari”, “Bolaligim ertaklari”, “Zolotoy telyonok”, “Zateryanny mir”, “Tayna i loj”, “Zulfiya abadiyati”, “Bolam baxtli bo‘lsin desangiz”, “Mineralogiya”, “O‘zbekiston tarixi”, “Jahon” xorijiy  adabiyotlar  zalida barcha sohalar bo‘yicha xorijiy tillarda nashr etilgan adabiyotlar taqdim etilgan. Bu yerda Amerika tarixi, Xitoy geografiyasi va tabiati, Kembrij universitetida tahsil olish haqidagi kitoblar, o‘zbek xalq ertaklarining boshqa tillarga tarjimalari va turli xalqlar ertak-kitoblari, ingliz, koreys va boshqa chet tillarni o‘rganish bo‘yicha darsliklar va jahon adabiyoti asarlari o‘rin olgan.
“Internet-media” zali audio va video resurslar, axborot texnologiyalariga oid adabiyotlar taqdim etilgan. Bu yerda elektron, me’yoriy-texnik hujjatlar, kitoblar va davriy nashrlar, shuningdek ensiklopedik nashrlar, kompyuter dasturlari va boshqalar.
 “Istiqbol” zalida  bolalar adabiyoti: ensiklopediyalar, lug‘atlar, bolalar milliy va jahon adabiyoti namunalari o‘rin olgan.

Shuningdek, Milliy kutubxona foyesida “Uzdavkitobsavdota’minoti” kitob savdosi tashkiloti tomonidan  “O‘zbekiston”, “G‘ofur g‘ulom”, kabi O‘zbekistonning yirik nashriyot matbaachilik uylari tomonidan chop etilgan yangi adabiyotlarning ochik savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Axborot –kutubxona xaftaligi davomida ular o‘z nashrlarini taqdim etdilar. Yarmarka O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi  tomonidan tashkil etildi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar