Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida xorijiy adabiyotlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda - Bo`limga qaytish


13.11.2015

 

“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston FA Asosiy kutubxonasining xorijiy adabiyotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Kutubxona 1933  yili Fan qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan. 1943 yilda esa unga Asosiy kutubxona maqomi berildi.
Dastlab u 39 mingdan ziyod adabiyot fondiga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda uning umumiy fondi 4 mil. Nashrni tashkil etadi. Kutubxona   600 mingdan ziyod xorijiy adabiyotlar fondiga egaligi bilan respublikada birinchi o‘rinda turadi. 2012 yili Vashington universiteti kutubxonaga 12 mingga yaqin ingliz, nemis, fransuz, rus, fors, tojik, qirg‘iz, qozoq va o‘zbek tillarida adabiyotlar sovg‘a qildi. 
Asosiy kutubxonaning foydalanuvchilarini ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi o‘zbekistonlik va xorijlik ilmiy xodimlar, oliy o‘quv yurtlarining professor o‘qituvchilari, bakalavrlar, magistrlar tashkil etadi.  
Asosiy kutubxonada xorijiy adabiyotlarni jamlash, ishlov berish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, elektron katalog va elektron resurslar yaratish vazifasini bajaruvchi “Xorijiy adabiyotlar bo‘limi “  1966 yildan beri  faoliyat yuritadi. 
Bo‘lim mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari, 80dan ziyod chet el ilmiy kutubxonalari hamda  40ta  davlatlarning  muzeylari  va ilmiy tashkilotlari  bilan  kitob ayriboshlaydi.
INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys, xitoy, fors, arab, polyak, venger, v’etnam, turk, chex va slovak va qardosh tillardagi xorijiy adabiyotlardan namunalar o‘rin olgan.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar