“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida yangi foydalanuvchilarga imkoniyatlar yaratilmoqda -
Bo`limga qaytish
12.11.2015
Ta’lim sifatining oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan, darslarga tayyorgarlik, mustaqil, ijodiy fikrlashda ko‘mak berayotgan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etayotgan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi an’anaviy tarzda “Infolib” Axborot kutubxona haftaligi tadbirini o‘tkazib kelmoqda.

“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida yangi foydalanuvchilarga ko‘pgina imkoniyatlar yaratilmoqda: kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya, kutubxona bo‘ylab mavzulashtirilgan ekskursiyalar va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yorituvchi taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.
.jpg)
Kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya o‘tkazilib foydalanuvchilarga esdalik sovg‘alari ulashish aksiyasi o‘tkazilmoqda. Haftalikning yopilish marosimida esa haftalik davrida ro‘yhatdan o‘tgan barcha foydalanuvchilarning ID karta raqamlari orasidan bittasi tanlab olinadi vau haftalik homiylari tomonidan taqdim etilgan super-yutuq – planshetni qo‘lga kiritadi.

Shuningdek, “Infolib-2015” IV Axborot kutubxona haftaligi doirasida foydalanuvchilar uchun kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyalari va kutubxona resurslaridan foydalanish qoidalari bilan tanishtiruvchi taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.
Haftalik doirasida kutubxona tarixi, faoliyati va resurslari bilan tanishtiruvchi ekskursiyalar o‘tkazilmoqda, ilmiy-ta’limiy xorijiy elektron bazalar bilan ishlash, Milliy kutubxonaning axborot resurslaridan, ya’ni bosma va elektron nashrlardan hamda elektron va an’anaviy katalog va kartotekalardan foydalanish, kerakli resurslarni izlash, ularga buyurtmani rasmiylashtirish, info-kiosk hamda internet va WI-FI xizmatlaridan foydalanish qoidalari bilan ham tanishtiruvchi treninglar bo‘lib o‘tmoqda.