“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Biz kitobni sevamiz!” rasm tanlovi bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
12.11.2015
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida bolalar rasmlari tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Toshkent shahar umumta’lim maktablarining 3-4-sinf o‘quvchilari “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida o‘z chizgan rasmlari bilan qatnashdilar.

Mazkur tanlovni o‘tkazishdan maqsad: kichik maktab yoshidagi bolalarni badiiy ijod turlariga jalb etish, kichik maktab yoshidagi bolalarni ijod orqali kitob o‘qishga jalb etish, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ochish.

Rasm tanlovi 2 bosqichda bo‘lib o‘tdi. Hakamlar tomonidan 1-bosqichda 30ta eng sara rasmlar tanlab olinib O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘tkaziladigan 2-bosqichga tavsiya etildi.
Yakuniy bosqich natijalariga ko‘ra
1-o‘rin – Latipov Artyom
2-o‘rin – Miraxmedova Inobat, Vasileva Dariya
3-o‘rin – Dostmuxamedova Faxriya, Kirichenko Zaralarga nasib etdi.
G‘oliblar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.