Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida o‘quvchilar uchun mediasavodxonlik darsi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


11.11.2015

 

2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Ilm egallash jamiyati o‘rniga kelgan axborot jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi davrida, “bir umrga yetgulik bilim egallash” tushunchasi o‘rniga “umr davomida bilim egallash” tushunchasi keldi hamda axborot-ta’lim muhitini tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Axborot madaniyatini va media savodxonligini shakllantirish masalasi bolalar bilan ishlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
«INFOLIB-2015» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi davomida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha tashkil etilgan mahorat darslarida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari bolalarga Internet axborot resurslari manbai bo‘lishi barobarida, u tug‘dirgan havf,  shaxsning axborot havfsizligi, Internetda ma’lumot qidirishning o‘ziga xos jihatlari, matn tuzilishi va uning xossalari haqida so‘zlab berdi. Mahorat darsida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265, 274 va Shayhontohur tumanidagi 41-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Bolajonlar mahorat darsida faol ishtirok etdilar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirdilar va o‘z taassurotlarini izhor etdilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar