Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASINING ENG YAXSHI MUTAXASSISI” tanlovi respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda - Bo`limga qaytish


11.11.2015

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislarining kasbiy mahoratini baholovchi “AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASASINING ENG YAXSHI MUTAXASSISI”  tanlovi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari kasbining ahamiyati va nufuzini oshirish, soha mutaxassislarining kasbiy mahorati, imkoniyati va faolligini namoyon etish maqsadida  axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislari orasida o‘tkazildi. Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi markazi va Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari ishtirok etdilar. 
Tanlov bosqichma-bosqich o‘tkazib kelindi. Tuman bosqichida ishtirokchilar elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni va materiallarni taqdim etishdi, hayyat a’zolari esa taqdim etilgan materiallarni ekspertiza qilib, g‘oliblarni aniqlashdi. Ular viloyat bosqichida taqdimotlar tayyorlash, test sinovlarini topshirish va o‘z AKT bilimlarini nomoyon etishda kuch sinashdilar.  
2015 yil 10-11 noyabr kunlari, «INFOLIB-2015» IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tayotgan respublika bosqichida 4 kishilik 14 jamoa 4 shart bo‘yicha bahslashdilar:
- “Yangi avlod axborot-kutubxona muassasasi” mavzusida taqdimoti
- Muammoning yechimini toping.
- Testlar.
- “Kitob ili dunyo ochilur” ijodiy tanlovi.
Birinchi shartda jamoalar “Yangi avlod axborot-kutubxona muassasasi” mavzusida o‘z innovatsion loyihalarini taqdim etdilar, uning mohiyati va dolzarbligini isbotladilar, o‘z kasbiy mahoratlarini namoyon etdilar va AKTdan foydalanish imkoniyatlarini (slaydlar yasash)  ko‘rsatdilar.
Ikkinchi shart bo‘yicha jamoalarga kasbiy faoliyatlari bilan bog‘liq viloyat axborot-kutubxona muassasasining yangi loyihasini ishlab chiqish, viloyat AKMning rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish, kutubxonaga foydalanuvchilarni jalb qilish uchun aksiyalar tavsiya qilish va Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida ko‘chma tadbirlar o‘tkazish kabi situativ topshiriqlar berildi. Jamoa a’zolari muammolarga professional yondoshib, ularning yechimini izladilar va o‘z tadbirkorliklarini, tashabbuskorliklarini va kasbiy mahoratlarini namoyon qilib hal etdilar.
Uchinchi shartda ishtirokchilar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan tuzilgan kompyuter testlarini bajarib, o‘z savodxonliklarini, keng dunyoqarashlarini, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi ekanligini va bilim doiralarini namoyon etdilar.
Yakunlovchi shart talablariga ko‘ra jamoalar “Kitob ili dunyo ochilur” mavzusini yorituvchi ijodiy chiqishlar namoyish etdilar. Bunda ulardan artistik mahorat, kasbiy yondoshuv va jamoaviy jipslik talab etildi. Jamoalar kutubxonaning kundalik hayotidan ko‘rinishlarni sahnalashtirdilar.
Vazirlik va idoralar vakillari va mutaxassislaridan iborat hayyat a’zolari barcha shartlarni bajarilishini diqqat bilan kuzatib bordilar va muhokamadan so‘ng g‘olib jamoani aniqladilar. Tanlov natijalariga ko‘ra birinchi o‘rin Farg‘ona viloyati jamoasiga, ikkinchi o‘rin Andijon viloyati jamoasiga, uchinchi o‘rin esa Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi.  
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar