“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida “Adabiyot bilimdoni” adabiy viktorinasi bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
11.11.2015
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Adabiyot bilimdoni” viktorinasi o‘tkazildi. Viktorinada Toshkent shahar Shayhontohur tumanidagi 41-umumta’lim maktabi 5-6-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.

Tanlovning o‘tkazilishidan asosiy maqsad - yoshlar dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, o‘quvchilar ko‘nglida adabiyotga bo‘lgan mehrni uyg‘otish, badiiy asar o‘qishga qiziqishini kuchaytirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilishdan iborat.
Ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etgan mazkur tanlovda kutubxona foydalanuvchilari va maktab o‘quvchilari orasidan mumtoz, hozirgi o‘zbek adabiyoti hamda jahon adabiyotining eng yaxshi bilimdonini aniqlandi. “Adabiyot bilimdoni” viktorinasi uchun umumta’lim maktablari 5-6-sinflar uchun “Ona tili” va “Adabiyot” darsliklari materiallari bo‘yicha milliy va jahon adabiyoti vakillari asarlari bo‘yicha tuzilgan 45ta savol tanlab olindi.
.jpg)
Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilar o‘zlarining adabiyotga, mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini, keng dunyoqarashi va notiqlik sana’tini namoyish etib, adabiyot va mutolaaga bo‘lga ijobiy munosabatlarini namoyon etdilar. Ular taniqli shoirlarning she’rlari qatorida o‘z ijodlari namunalaridan ham o‘qib berdilar.
Tanlovda quydagilar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin - Fayzullaev Abdurahmon
2-o‘rin – Maxkamova Kamola
3-o‘rin – Hidoyatova Dilzodabegim
G‘oliblar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.