“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida “Musiqa bilimdoni” musiqiy viktorinasi bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
11.11.2015
2015 yil 11 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Toshkent shahri musiqa kolleji o‘quvchilari uchun “Musiqa bilimdoni” musiqiy viktorinasi bo‘lib o‘tdi. Viktorinada Toshkent madaniyat kolleji va Yunus Rajabiy nomidagi musiqa kolleji o‘quvchilari ishtirok etishdi. Xaftalik doirasida o‘tkazilayotgan “Musiqa bilimdoni” tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni musiqaga qiziqtirish va musiqiy qobiliyatlarini o‘stirishga harakat qilishdan iboratdir.

Bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda musiqaning o‘rni katta. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq olib yashaydi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson yuksak madaniyatli, go‘zallikni his eta oladigan, sof qalb egasi bo‘lmog‘i lozim.
.jpg)
Tanlov shartlariga ko‘ra o‘quvchilar 3 guruhga bo‘linib, o‘zbek, rus va chet el klassik musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha topshiriqlar oldilar. Guruhlar vazifalarini bajarib bo‘lgach, ular turli qo‘shiqlarnini tinglab, ularni qaysi kinofilmda aytilganligini, moderator o‘qigan she’rlarni esa qaysi qo‘shiqning so‘zlari ekanligini topishlari kerak edi.
Jamoalarning javoblariga ko‘ra o‘rinlar quyidagicha belgilandi va jamoalar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi:
1-o‘rin - “Yosh ijodkorlar” – MR3-pleyer
2-o‘rin – “Bilimdonlar”- fleshka
3-o‘rin – “Donolar”- naushniki
Toshkent madaniyat kolleji o‘quvchilari Turaeva Xusnora, Ikromova Moxina va Nuriddinova Madinalar o‘z zukkoligi va topqirligi bilan alohida ajralib, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nomidan kitoblar bilan taqdirlandilar.