Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Italiya musiqasi kechasi bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


11.11.2015

 

10 noyabr kuni “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi doirasida Italiya musiqasi kechasi bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik jamiyati va O‘zbkistondagi  Italiya elchixonasi tomonidan tashkil etilgan musiqa kechasida teatr artistlari rolida O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalari ishtirok etdilar. Musiqiy kecha o‘z asarlari bilan italyan adabiy tili rivojiga katta xissa qo‘shgan buyuk shoir Dante Aligeri tavalludining 750 yilligiga bag‘ishlandi.
Italiyaning O‘zbekistondagi favqulotda va muhtor elchisi Rikkardo Manara boshchiligida diplomatik korpus vakillari, “O‘zbekiston-Italiya” Do‘stlik Assotsiatsiyasi raisi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori Baxtiyor Yakubov, yuqorida nomi keltirilgan OTM professor-o‘qituvchilari, talabalari va haftalik qatnashchilari musiqiy kechaning mehmonlari bo‘ldilar.
O‘zDJTU talabalari Dante Aligerining 13-asrda yozilgan “Ilohiy komediya”sini o‘qigach, uning hozirgi kunda ham naqadar dolzarbligini tushundilar, chunki unda  turli obrazlarda va turli davrlarda o‘zgarmas bo‘lib qolayotgan madaniyat, din, she’riyat, musiqa va san’at, insonlarning gunohlari va xissiyotlari  to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. O‘zDJTU o‘qituvchisi, professor Antonietta Gobbis rahbarligida taqdim etilgan teatrlashtirilgan tomoshada talabalar mashhur asarning yangi talqinini tavsiya etdilar.
Shuningdek tomoshabinlar ham ularga tarqatilgan kartochkalarda o‘z variantlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Talabalar A.Navoi nomidagi O‘zbekiston Davlat Katta akademik teatri musiqachilari va xonandalari Barno Ismatullaeva, Damir Rahmonov va Akmal Bayramovlar bilan birgalikda “Ilohiy komediya”ga bastalangan musiqiy asarlarni  ijro etadilar.
Mazkur spektakl buyuk shoir, italyan adabiy tili asoschisi Dante Aligeri tavalludining 750 yilligiga big‘ishlangan. Shu munosabat bilan 1917-1921 yillarda muhrlangan suratlardan iborat ko‘rgazma o‘rin olgan. Suratlarda tasvirlangan joylar “Ilohiy komediya”da ta’riflangan joylarni eslatadi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar