Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
“INFOLIB – 2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochildi - Bo`limga qaytish


09.11.2015

 

2015 yil 9 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “INFOLIB–2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi tantanali ochildi.  Haftalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil  11 fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi va tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy va ilmiy-texnikaviy anjumanlar rejasi”ga asosan o‘tkazilmoqda.
Tadbir avvalida direjyor Dilshod Mutalov boshchiligidagi O‘zbekiston davlat akademik xalq-cholg‘u orkestri ijrosida o‘zbek va chet el kompozitorlarining klassik, milliy va zamonaviy musiqalari yangradi.   
Haftalikning ochilish marosimida Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi direktori X. Karimova, O‘zbekiston xalq artisti E.Komilov,   O‘zbekiston Fanlar akademiyasi asosiy kutubxonasi direktori Z. Berdieva, Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi bo‘lim boshlig‘i R. Ratner va O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev so‘zga chiqdilar.
So‘zga chiqqqanlar yoshlarning barkamol inson etib tarbiyalashda, ularda kitob mutolaasiga qiziqish uyg‘otishda, ularning ma’naviy tarbiyasida, aholining axborot madaniyatini oshirishda kutubxonaning roli to‘g‘risida so‘zladilar. Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi direktori X. Karimova o‘z nutqida har yili o‘tkazib kelinayotgan “INFOLIB–2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligining O‘zbekistonda axborot-kutubxona sohasining rivojlanishiga qo‘shayotgan xissasi va haftalik doirasida tashkil etilayotgan tadbirlarning axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari uchun ahamiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. 
Sohada o‘tkazilgan islohotlar natijasida axborot-kutubxona muassasalarining ishi faollashtirildi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida axoliga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish yaxshilandi, xorijiy ilmiy-ta’limiy resurslardan foydalanish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yildi.
Axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari kasbining ahamiyati va nufuzini oshirish maqsadida soha mutaxassislari uchun o‘quv kurslari tashkil etilmoqda, axborot-kutubxona muassasasi mutaxassislari orasida “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi o‘tkazib kelinmoqda, mutolaa madaniyatini ommalashtirish maqsadida esa yangi kitoblar taqdimoti, shoir,yozuvchi va nashriyotlar bilan ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, turli mavzularga bag‘ishlangan kitob va davriy nashrlar ko‘rgazmalari tashkil etib kelinmoqda.
 Bugungi kunda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi umumiy fondini 7 milliondan ziyod nashrlar tashkil etadi. So‘nggi 9 oy davomida tashrif buyuruvchilar soni 630 mingdan ziyod marotabani tashkil etgan bo‘lib, ulardan 22 ming nafari kutubxonaning doimiy foydalanuvchilari ro‘yxatiga olindi.
“INFOLIB–2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi ochilishida ishtirok etayotganlarni qutlar ekan, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev mehmonlarni haftalikning jamiyatimizning axborot madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish hamda respublika milliy madaniy merosini asrash, mutolaaga bo‘lgan mehrni oshirish, axborot-kutubxona foydalanuvchilariga internet orqali xizmat ko‘rsatish  imkoniyatlarini oshirish, yangi zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish kabi ilmiy bilimlarni ommalashtirish; aholining turli qatlamlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy rolini oshirishdan iborat bo‘lgan maqsadlari va haftalik doirasida o‘tkazilishi  rejalashtirilgan tadbirlar bilan tanishtirdi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar