O‘zbekiston Milliy kutubxonasida noyabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar -
Bo`limga qaytish
29.10.2015
3 noyabr kuni soat 15:00da kinomarkazda Xorazm Ma’mun akademiyasining 1010 yilligiga bag‘ishlangan “Xorazm Ma’mun akademiyasi” film namoyishi;
4 noyabr kuni soat 15:00 da kichik majlislar zalida mutafakkir, shoir Boboraxim Mashrab tavalludining 375 yilligiga “Chamandin ayrilib bo‘lmas” mavzusida davra suhbati va “O‘zbekiston” zalida “Ohimni suvga aytdim...” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
9-13 noyabr kunlari “INFOLIB-2015” IV Milliy axborot-kutubxona haftaligi;
12 noyabr kuni soat 15:00da “Butunjahon Yoshlar kuni” munosabati bilan “Bugunning yoshlari” mavzusida fototanlov yakuni;
18 noyabr kuni soat 15:00da majlislar zalida Sharqning xadisshunos olimi Imom al-Buxoriy tavalludining 1205 yilligiga bag‘ishlangan davra-suhbati, kitob-rasmli ko‘rgazma, kinomarkazda “Imom al Buxoriy” hujjatli filmi namoyishi;
19 noyabr kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida o‘zbek miniatyura san’ati asoschisi, rassom Kamoliddin Bekzod tavalludining 560 yilligi munosabati bilan uchrashuv va “Ijod” zalida kitob-rasmli ko‘rgazma;
24 noyabr kuni soat 11:00da kichik majlislar zalida amerikalik qandolatchi Uilyam Yozis bilan uchrashuv;
25 noyabr kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekiston FA akademigi, adabiyotshunos Izzat Sulton tavalludining 105 yilligiga “Adabiyot ilmining sultoni” mavzusida bibliografik obzor va “O‘zbekiston” zalida “Alloma, adib, arbob” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
27 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligi hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganligining 24 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi: Istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura, ijtimoiy himoya, milliy tarbiya” mavzusida Respublika ilmiy –amaliy konferensiyasi;
27 noyabr kuni soat 15:00da kichik majlislar zalida O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor, aktyor Razzoq Hamroev tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Nasriddindan Navoiygacha” mavzusida xotira kechasi, “Tafakkur” zalida “Benazir nafosat sohibi” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
30 noyabr kuni “Istiqbol” zalida amerika yozuvchisi, hajvchi Mark Tven tavalludining 180 yilligiga “Amerika adabiyotining asl otasi” (“Istinny otes amerikanskoy literatur”) nomli kitob-rasmli ko‘rgazma.
Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin