O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil to‘qqiz oylik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
26.10.2015
2015 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 2015 yil to‘qqiz oylik yakunlariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi vakili, kutubxona rahbariyati, xizmat rahbarlari, xodimlar va mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev yig‘ilish qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining o‘tgan majlisi, unda muhokama etilgan masalalar va qilingan hulosalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini baholovchi 2015 yilning to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha hisobot bilan direktor o‘rinbosari A.Ishmatov so‘zga chiqdi. O‘z chiqishida ma’ruzachi Milliy kutubxonaning umumiy fondi, foydalanuvchilari soni, tashriflar va kitob berish bo‘yicha hisobot berdi. Shuningdek A.Ishmatov Milliy kutubxonada o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va ommaviy tadbirlar, ixtisoslashgan ilmiy va ommaviy anjumanlar, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ishlar, Milliy kutubxonada interaktiv davlat xizmatlarining joriy etilishi, texnik loyihalarning amalga oshirilishi xolati, Milliy kutubxona huzuridagi Respublika metodik kengashining faoliyati, xalqaro aloqalarning rivojlanishi va holati, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Milliy kutubxona mutaxassislari va tashqi mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlar haqida gapirdi.

Yig‘ilishda, shuningdek, RYEKM direktori F.Ruzieva, xalqaro aloqalarni tashkil etish xizmati rahbari Ye, Pshenichnaya, ilmiy metodika va tadqiqot xizmati rahbari V.Borisov va kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmati rahbari M.Mirxodjaeva so‘zga chiqdilar. O‘z chiqishlarida ular xizmatlarida birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdilar va ularni chizmalar va diagrammalar ko‘rinishida slaydlarda taqdim etdilar. Hisobotlar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan savol-javoblar ijobiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham mavjudligini ko‘rsatdi. Muhokamalar so‘ngida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bir qator takliflar ko‘rib chiqildi.
Bajarilgan ishlar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.