Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Maqsud Shayxzodaning ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish


26.10.2015

 

2015 yil 25 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi, shoir, dramaturg, usta tarjimon, mohir pedagog, tilshunos va adabiyotshunos Maqsud Shayxzodaning ijodiga bag‘ishlangan “O‘zbek adabiyotining zabardast vakili”deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Maqsud Shayxzoda 1908 yilda tug‘ilgan. Boshlang‘ich ta’limni u mashxur pedagog Muxtor Afandi asos solgan maktabda oldi. Undan so‘ng Baku seminariyasida tahsil oldi va o‘qituvchilik faoliyatini boshladi. Aspiranturani tamomlagach Toshkent pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti tarixidan dars berdi. 1929 yilning oxirida otashin qalbli shoirning she’rlari matbuotda chop etila boshlaydi. U shoir va dramaturg, adabiyotshunos va tarjimon, tarixchi va ma’rifatparvar, notiq va pedagog edi.
Ko‘rgazmada rus tilidagi ikki jildlik va o‘zbek tilidagi olti jildlik tanlangan asarlari to‘plami havola etilgan. Olti jildlik to‘plamda insoniy munosabatlar, do‘stlik rishtalari haqidagi she’rlar, yurak urishi sezilib turgan ruboiylari, ajdodlarimizning jasoratlari tarannum etilgan ballada, doston va pesalar, shuningdek, klassik va zamonaviy adabiyotga bildirilgan adabiy tanqid o‘rin olgan. Bunda u asarlarni ilmiy nuqtai nazardan tahlil qiladi, o‘z munosabatlarini, fikrini tanqidiy va publitsistik maqolalar orqali izhor etadi. “Toshkentnoma” poemasida Shayxzoda uni uzoq yillar bag‘riga olgan O‘zbekiston poytaxtiga o‘z muhabbatini, e’tirofini va munosabatini bildiradi. Shuningdek, bu yerda “Toshkent haqida poema” lirik-falsafiy asari, “Yillar va yo‘llar” she’riy to‘plami, XIV asr tarixiy voqealari aks etgan “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi taqdim etilgan.      
M.Shayxzoda o‘zbek kitobxonlarini A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, U.Shekspir, V.V.Mayakovskiy, N.S. Tixonov kabi jaxon klassiklari asarlari bilan tanishtirdi.
Qo‘rgazmaga tashrif buyurganlar o‘zbek adabiyotining zabardast vakili, shoir, dramaturg, adabiyotshunos va tarjimon M.Shayxzoda hayotiga aloqador ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va  olgan taassurotlaridan mamnun bo‘ldilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar