Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbati -
Bo`limga qaytish
23.10.2015
2015 yil 23 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasidayoshlarning ijtimoiy tarmoqda muloqot qilish mediasavodxonligini oshirish va ularning ko‘ngilochar saytlardagi ma’lumotlardan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi. Galdagi seminar“Ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, suhbatlashish odobi hamda milliy mafkuramizga zid bo‘lmagan axborot-resurslardan foydalanishni targ‘ib etish” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzaridagi “ZiyoNET” bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent islom universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari bilan birgalikda bo‘lib o‘tgan suhbatni “ZiyoNET” bo‘limi yetakchi mutaxassislari Gulchehra Ibragimova va Xurshid Nosirovlar olib bordilar.
Talabalar bilan “Internet orqali muloqot” mavzusida suhbat chog‘ida “ZiyoNET” bo‘limi mutaxassisi Gulchehra Ibragimova ularga Facebook, Odnoklassniki, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlar va Whats app, Viber, Telegram kabi mobil ilovalardan foydalanishda qoidalarga rioya etishning muhimligini aytib o‘tdi. Ayniqsa, G.Ibragimova Facebook ijtimoiy tarmog‘ining ijobiy va salbiy jihatlari, ularning do‘stlar, tanishlar va qarindoshlarni topish, ular bilan uzoq masofadan turib muloqotqilish kabi foydali tomoni va uning hozirgi kunda terrorchilar, ruhiy ojizlar va jinoyatchilarning axborot manbaiga aylanib qolgani haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. “Ijtimoiy tarmoqlarda muloqot chog‘ida o‘z fikr-mulohazalaringizni erkin izhor qilishdan, turli xissiyotlarga berilishdan va shaxsiyatingizga dahldor bo‘lgan rasmlarni qo‘yishdan tiyilmoq kerak”, dedi u va talabalarni uning oqibatlari bilan tanishtirdi.

“ZiyoNET” bo‘limi mutaxassisi Xurshid Nosirov hozirgi yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keng tus olayotganlinigi ta’kidladi va raqamlarga murojaat etdi. “Yer yuzi aholisining 22% hozirgi kunda internetdan foydalanayotgan bo‘lsa, buning katta qismini yoshlar tashkil etadi. Bugungi kunda milliondan ortiq bizning milliy dunyoqarashimiz va mentalitetimizga zid saytlar mavjud. Lekin ularga aql bilan me’yorda yondashilsa, ular zamonaviy jamiyatimizning ajralmas qismiga aylanadi”, dedi X.Nosirov va talabalarni mutlaqo xavfsiz, himoyalangan, yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy immunitetining shakllanishiga zid ma’lumotlardan holi uz domenidagi saytlardan foydalanishga chaqirdi.
Seminar ishtirokchilari ma’ruzachilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, ko‘p qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.