Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
10.12.2012 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2012 yil 7 dekabr kuni soat 14.00 da O‘zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Mazkur tadbirda Toshkent davlat yuridik institutining talabalari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” moddalari, O‘zbekiston Respublikasi huquqiy qonunlari haqida videoroliklar orqali seminar trening o‘tkazildi 

07.12.2012 Milliy kutubxona kinomarkazida yangi filmlar
Milliy kutubxona kinozali ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop video materiallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu video materiallarda  milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan. 
07.12.2012 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar

Joriy yilning 3-7 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 67 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
67 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 17 ta; ta'lim, madaniyat - 28 ta, badiiy adabiyotlar - 7 ta; san'at - 2 ta; adabiyotshunoslik - 12 ta; tilshunoslik - 1 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 

07.12.2012 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda.  

05.12.2012 2013 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Milliy kutubxonasida qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalarini rasmiylashtirish to‘xtatiladi

2013 yil 1 yanvardan boshlab, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida qog‘oz ko‘rinishidagi katalog kartochkalarini rasmiylashtirish to‘xtatiladi. Barcha hujjatlarning bibliografik tavsiflari faqatgina Avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi (AIBS) ma'lumotlar bazasida elektron ko‘rinishida to‘ldirib boriladi.

04.12.2012 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida netbuklarni ijaraga va ichki resurslardan simsiz foydalanish xizmati yo‘lga qo`yildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud axborot-kommunnikatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratish hamda ularga xizmat ko‘ rsatish turlarini ko‘paytirish bo‘yicha bildirilayotgan takliflar e'tiborga olinib, foydalanuvchilarga O‘zbekiston Milliy kutubxonasi balans hisobida bo‘lgan netbuklardan shartnoma asosida kompyuter dasturlaridan va internet tarmog‘iga Wi-Fi orqali ulanishga foydalanish bo‘yicha pullik xizmat turi joriy etildi. 


Oldin   161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 174 175 176 177 178 179 180    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar