O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Bugunning yoshlari" foto tanlovini e’lon qiladi -
Bo`limga qaytish
22.10.2015
Xalqaro yoshlar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi "Bugunning yoshlari" deb nomlangan foto tanlov o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Tanlovda qatnashish istagi bo‘lganlar 2015 yil 5 noyabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining photo@natlib.uz elektron manziliga turli sohalarga doir zamonamiz yoshlarining hayot faoliyatini, ulrning yutuqlari, muammolari va bo‘sh vaqtlari haqida hikoya qiluvchi foto suratlarini hamda o‘zlari haqidagi ma’lumotni taqdim etishlari so‘raladi.
Fotosuratlarga qo‘yilgan talablar:
- Tanlovga qo‘yiladigan fotosuratlar ishtirokchining o‘ziga tegishli yoki u tomonidan suratga olingan bo‘lishi kerak.
- Tanlovga nomunosib mazmundagi, fotobanklardan olingan yoki axloqsiz elementlarga ega bo‘lgan fotosuratlar qabul qilinmaydi.
- Fotosuratlar ramkasiz, yozuvlarsiz, belgilarsiz bo‘lishi kerak.
- Tanlovga professional hamda havaskorlar tomonidan olingan fotosuratlar qabul qilinadi.
Fotosuratlarning hajmiga qo‘yilgan talablar:
• suratlar uzunasiga 800 px. dan kam bo‘lmasligi kerak;
• suratlar .jpg formatida bo‘lishi kerak;
• fotosuratlarni grafik taxrirlash mumkin.
Tanlovda har bir ishtirokchidan 6 donadan ortiq fotosuratlari qabul qilinmaydi;
Fotosuratlarni yoshlar va jamiyat, sportchi yoshlar, yoshlar va madaniyat kabi nomlash maqsadga muvofiqdir.
Tanlov natijalari 2015 yilning 12 noyabr kuni e’lon qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: 239-19-02