Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida “Pyateritsa izumleniy” kitobi nashr etildi - Bo`limga qaytish


22.10.2015

 

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida Alisher Navoiyning “Pyateritsa izumleniy” kitobining nashr etilishi yilning ahamiyatli voqealaridan biri bo‘ldi.
Alisher Navoiyning rusiyzabon kitobxonlarga avvallari notanish bo‘lgan asarlarining tarjimasi navoiyshunoslikda katta voqea hisoblanadi. Zero, uning xalqaro muloqot tillariga o‘girilmagan asarlari, ya’ni buyuk shoir merosining katta qismi keng kitobxonlar ommasiga notanishligicha qolaverdi. Yaratilganiga besh asr bo‘lgan “Xamsat ul-mutaxayyiriyn” kitobi akademik Aziz Qayumov va professor Dinora Azimovaning say’i harakatlari tufayli rus tiliga “Pyateritsa izumleniy” kitobi ko‘rinishida tarjima qilindi.
“Pyateritsa izumleniy” kitobi tarjimasi o‘rta asrlar mutafakkiri, falsafa, dinshunoslik va tarixga doir kitoblar muallifi Abdurahmon Jomiyning 600 yillik tavalludiga atalgan. A.Navoiy mazkur asarini o‘z ma’naviy ustoziga, do‘sti va malakdoshiga bag‘ishlangan
“Pyateritsa izumleniy” asarida A.Navoiy ularning sermahsul hamkorligi to‘g‘risida hikoya qiladi, uning asarlarini tahlil qiladi. Kitobda A.Navoiy va Jomiy tanishuvining asl tafsilotlari sabablari hikoya qilinadi, ularning suhbatlari va dustona muloqotlari va o‘n beshinchi asrning ikkinchi yarmida Hurosonda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar ta’riflanadi.
Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, kitobda A.Navoiy va Jomiy o‘rtasidagi yozishma o‘rin olgan. Unda A.Navoiyning Jomiyga murojaatlari va Jomiyning A.Navoiy xatlariga javoblari mujassam.
Shuningdek, A.Navoiy Jomiy ijodiga dahldor kitoblar, ugitlar, uning nazoratida o‘qilgan asarlar, sharhlar haqida va ustozi va do‘stining o‘limiga sabab bo‘lgan omillar va uning o‘limidan so‘ng ro‘y bergan voqealar to‘g‘risida hikoya qiladi. Kitobda A.Navoiy Jomiyning xotirasini abadiylashtirishda ko‘p sa’yi harakatlar qilgan Husayin Boyqaroga o‘z hurmatini izhor qiladi. 
Kitobning “duri” – Marsiya bo‘lib, u fors shoiri Abdurahmon Jomiyning o‘limidan so‘ng muallif tomonidan uning xotirasiga atab yozilgandir.


 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar