Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilingan kunga bag‘ishlangan davra-suhbati bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


20.10.2015
 
2015 yil 20 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston  Respublikasining Davlat tili qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Ona tili-millat ko‘zgusi” shiori ostida davra-suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda navoiyshunos olima, professor Suyuma G‘anieva, O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov, O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon, tilshunos olim, f.f.n Zuxriddin Isomiddinov, adabiyotshunos olimlar, Toshkent Tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiy fakulteti kursantlari, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar “O‘zbekiston  Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinishi tarixi, unga sabab bo‘lgan omillar haqida so‘zladilar, uning o‘zbek millatining shakllanishidagi o‘rni, milliy qadriyatlarning shakllanishi, hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarni e’tirof etdilar va barkamol avlod ma’naviy tarbiyasida milliy tilning ahamiyati haqida so‘zladilar.
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyni o‘zbek adabiy tili asoschisi sifatida e’tirof etilganligini yana bir bor tilga olib, uning o‘zbek tilining o‘ziga xos tarovati, nafosati va jozibasini tarannum etgan asarlaridan namunalar keltirdi. 
Navoiyshunos olima, professor Suyuma G‘anieva o‘zbek tilining boyligi va benihoya kuchi haqida so‘zlagan nutqida uning hozirgi kunda barcha sohalarida rasmiy qo‘llanilayotgani, fan va adabiyotdagi rivoji to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. S.G‘anieva: “O‘zbek tilining Davlat tili sifatida tan olinishi uning nafaqat rasmiy til, balki milliy madaniyatimizning ifodasi omili va o‘sib kelayotgan yosh avlodning o‘z ona tiliga muhabbat ruhida tabdiyalashda muhim jihat hisoblanadi”, dedi.
Tadbirda Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchilari mushoirada musobaqalashib o‘zbek tiliga bag‘ishlab yozilgan she’rlar va o‘zbek tilida she’r va g‘azallar bitgan shoirlar she’rlaridan namunalar o‘qidilar.
O‘zbekiston  Respublikasining Davlat tili qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari doirasida tashkil etilgan “Ona tili-millat ko‘zgusi” mavzusida  davra-suhbati, “Til-tafakkur mezoni” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va kutubxona kinomarkazida namoyish etilgan “Adabiyot” nomli hujjatli film ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar