O‘zbekiston Milliy kutubxonasida koreys an’anaviy amaliy san’ati esdaliklarini yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi - Bo`limga qaytish
20.10.2015
2015 yil 20 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Koreya madaniyati kunlari doirasida koreys an’anaviy amaliy san’ati esdaliklarini yasash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsida ishtirok etgan Toshkent shahridagi 50-son ixtisoslashgan umumta’lim maktabining o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir O‘zbekistondagi Koreya Respublikasi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan “Korean Week” Koreya madaniyati haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. Haftalik doirasida ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikni mustaxkamlashga yo‘naltirilgan Koreya kinosi festivali, futbol bo‘yicha bolalar va o‘smirlar mahorat darslari, rasmlar tanlovi va Koreya an’anaviy amaliy san’ati esdaliklarini yasash bo‘yicha mahorat darslari kabi madaniy dasturlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutuxassisi Ye.Pshenichnaya bolajonlarga mazkur Haftalikning o‘zbek va koreys xalqlari o‘rtasida do‘stlik va madaniy aloqalarni yanada mustaxkamlashdagi roli, O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohasidagi aloqalari haqida gapirildi.
Ishtirokchilar o‘z qo‘llari bilan yog‘och va kartondan turli sovg‘alar yasash, ularga bezak berishni o‘rgandilar, yasagan namunalari bilan o‘rtoqlashdilar, o‘z taassurotlarini yashirmadilar va tadbirdan juda mamnun bo‘lganliklarini izhor etdilar.
Koreys an’anaviy amaliy san’ati esdaliklarini yasash bo‘yicha navbatdagi mahorat darslari O‘zbekiston Milliy kutubxonasida joriy yilning 21 va 23 oktabr kunlari ham bo‘lib o‘tadi.