Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
15.12.2012 Milliy kutubxona kinomarkazida yangi filmlar

Milliy kutubxona kinozali ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop video materiallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu video materiallarda  milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan. 

15.12.2012 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar

Joriy yilning 10-14 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 81 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
81 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 2 ta; tabiiy fanlar - 78 ta, texnika - 1 ta ) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.

14.12.2012 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 

14.12.2012 Milliy kutubxonada mehnat faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2012 yil 14 dekabr kuni soat 11.00 da Milliy kutubxona majlislar zalida ko‘p yillar mazkur kutubxonada faoliyat yuritib nafaqaga chiqqan faxriylar bilan dasturxon atrofida uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. 
Mazkur tadbirda 45 nafarga yaqin faxriylar, rahbariyat hamda hozirda Milliy kutubxonada faoliyat yuritayotgan yosh-mutaxassislar ishtirok etdi. 

13.12.2012 Milliy kutubxonada 20-21 dekabr kunlari ilmiy-amaliy seminar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012 yil 9 iyuldagi 202-qarori talablaridan kelib chiqib, joriy yilning dekabr oyida (20-21 kunlari) Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini ta'minlash, ularning fondini tizimli ko‘paytirish va boyitishning dolzarb muammolari” mavzuida ilmiy-amaliy seminar tashkil etilmoqda.  

10.12.2012 10-dekabr – O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

O`zbekiston Milliy Kutubxonasining “Ijod” o`quv zalida shu sanaga bag`ishlangan “Xalqimizning ozodlik qo`shig`i” nomli ko`rgazmasi tashkil qilindi. 
"O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyani to‘g‘risida"gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan. 


Oldin   160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 174 175 176 177 178 179 180    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar