Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Umr bekatlari” nomli hujjatli film taqdimoti - Bo`limga qaytish


09.10.2015

 

2015 yil 9 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “O‘zbekkino” Milliy Agentligi buyurtmasiga binoan, Respublika ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasi tomonidan “Keksalarni e’zozlash yili”ga bag‘ishlab suratga olingan “Umr bekatlari” deb nomlangan hujjatli film taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkino” Milliy Agentligi vakillari, film ijodkorlari, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, Toshkent davlat madaniyat va san’at instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari, Toshkent temir yo‘l transporti kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, film qahramon Halima aya Qayumova oila a’zolari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida yig‘ilganlar e’tiboriga uzoq yillar temir yo‘l sohasida mehnat qilgan Halima aya Qayumovaning ibratli umr yo‘llari aks ettirilgan “Umr bekatlari” hujjatli filmi taqdim etildi. Film Halima ayaning insoniylik fazilatlari, umr bekatlari, har bir bekatdan yoshlarga sadoqat, mehr-muhabbat, halollik va el-yurt ravnaqi yo‘ldagi zahmatlar haqida hikoya qiladi. Film qahramoni 101 yoshni qarshilagan Halima aya Qayumova butun hayotini temir yo‘l sohasiga bag‘ishlagan, shu yerda baxtini topgan insonlardan.
Taqdimotda san’atshunos olim Baxtiyor Yoqubov, Halima Qayumovaning qizi Karima Solieva, film rejissyori Muzaffar Erkinov va film qahramonlaridan birining obrazini yaratgan aktyor Begzod Mirzaevlar so‘zga chiqib “Keksalarni e’zozlash yili”da tasvirga olingan filmlar haqida, mazkur filmning yaratilish tarixi, suratga olish jarayoni haqida so‘zlab berdilar.
Filmdan katta taassurot olgan tadbir qatnashchilari uning ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdilar va yurtimiz farovonligi yo‘lida mehnat qilgan, hozirgi kunda oilalarimiz to‘rini bezab turgan nuroniy otaxon-onaxonlar haqida, ularning ibratli hayot yo‘lini yoshlarga yoritib berishday hayrli ishni davom ettirishda ularga muvaffaqiyat tiladilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar