Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir va mutafakkir Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan bibliografik sharh bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


07.10.2015

 

2015 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbek adabiyoti asoschilaridan biri shoir va mutafakkir Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan bibliografik sharh va kitob-rasmli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.
Muqimiy tavalludiga bag‘ishlangan kutubxona xodimlari va Muqimiy hayoti, lirikasiga qiziqqan foydalanuvchilar uchun tashkil etilgan bibliografik sharhni kutubxona mutaxassisi Javlon Jovliev olib bordi. U yig‘ilganlarga Muqimiy ijodining o‘ziga xosliklarini, uning jamiyatdagi illatlarga tanqidiy nazar bilan qarashi, uning  do‘stlik, sadoqat, samimiyat, vafodorlik, sabot va matonat ulug‘langan lirikasi haqida so‘zlab berdi va Muqimiy lirikasiga mansub she’rlardan o‘qib berdi.
Kitob-rasmli ko‘rgazmada shoirning o‘z davrining illatlarini kulib, kirdikorlarini fosh etib yozilgan “Devonamen”, “Sayohatnoma”, “Ko‘samen”, “Hayron qildi loy”, “Pashshalar”, “Shikoyati bezak”, “Aroba qursin” va bshq. asarlarini o‘z ichiga olgan hajviy to‘plamlari bilan bir qatorda lirik kechinmalari aks ettirilgan “Bog‘ aro”, Ko‘ngil sandadur”, “Ey, chehrasi tobonim” kitoblari, shuningdek Muqimiyning hayoti va ijodiga, u yashagan davr adabiyotiga bag‘ishlangan “Mavlono Muqimiy”, “Muqimiy”, “Furqat va Muqimiy haqida maqolalar” deb nomlangan kitoblari o‘rin olgan. 
Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy 1850 yilda Qo‘qonda ziyoli oilasida tavallud topgan. Boshlang‘ich ma’lumotni mahallasidagi maktabda olgan Muhammadda she’riyatga havasni onasi uyg‘otgan. U Qo‘qondagi «Moxlar oyim» madrasasida, so‘ng Buxoro madrasalaridan birida o‘qib qaytgach, yer qurilishi mahkamasida mirzalik qilgan va ijod bilan shug‘ullangan. U o‘zbek, fors mumtoz shoirlari an’analarini davom ettirdi, uning lirikasi chuqur optimizm, hayotiylik bilan sug‘orilgan. 
She’riyatining tub mohiyati inson kechinmalari, sevinch va alamlari, istak va armonlari, kurashlari tashkil etgan Muqimiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitob-rasmli ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar  bibliografik sharhni ham tinglab undan katta taassurotlar oldilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar