O‘zbekiston Milliy kutubxonasida chet tillarni rivojlantirish va ommalashtirish Markazi tadbirlari bo‘lib o‘tdi -
Bo`limga qaytish
02.10.2015
2015 yil 2 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona qoshida tashkil etilgan chet tillarni rivojlantirish va ommalashtirish Markazining ingliz, ispan, xitoy, koreys, nemis, yapon tillari og‘zaki nutq ko‘nikmalari natijalarining taqdimoti va Markazning til yo‘nalishlari bo‘yicha mahorat darslarini o‘z ichiga olgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi, O‘tra maxsus va kasbiy ta’lim markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari, “KAMOLOT” yoshlar ijtimoiy harakati, Respublika baynalmilal madaniyat markazlari vakillari, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Toshkentdagi xalqaro Vestminter universiteti mutaxassislari ishtirok etdilar.

2014 yil 25 oktabrda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi foydalanuvchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan Markazning maqsadi O‘zbekistonda chet tillarni rivojlantirish va ommalashtirishni ta’minlash, shaxsiy qiziqishlar, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida chet tillarni o‘qitishda qo‘shimcha dasturlarishlab chiqish va xizmatlarni amalga oshirishdan iborat.
Tadbir doirasida Markazning, ingliz, ispan, xitoy, koreys, nemis, yapon tillari yo‘nalishlari bo‘yicha dars olib borayotgan ko‘ngillilarning bir yillik faoliyati natijalariga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi va munozara klubi, shaxs omillarini rivojlantirish klubi va so‘zlashuv klublarining mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
Hisobot yig‘ilishida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xodjaev yig‘ilganlarni qutlar ekan, Markaz a’zolari, ko‘ngillilar va o‘quvchilarni bir yillik sarhisob bilan muborakbod etdi va ularning chet tillarni o‘qitishda va ommalashtirishdagi ahamiyatini ta’kidladi va qisqa vaqt ichida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarga alohida to‘xtaldi.

Markaz rahbari Ahmadjon Rixsiboev, Markazning tashkil etilishiga zamin bo‘lgan omillar, bugungi kunda 40 nafar ko‘ngilliga ega bo‘lgan, o‘z ishiga prfessional yondashayotgan jamoa, hisobot davri oralig‘ida o‘tkazilgan tadbirlar, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajalari haqida gapirib berdi. Shuningdek, Markaz xizmatidan 2014 yil 1noyabridan 2015 yil 1 oktabriga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasining 5000dan ziyod foydalanuvchilari bahramand bo‘lganliklari e’tirof etildi.

Markaz ko‘ngillilari taqdimotida barcha yo‘nalishlar o‘qituvchilari o‘z faoliyatlari, guruhlarida olib borayotgan ishlari va o‘quvchilarinig ko‘rsatkichlari haqida so‘zlab berdilar. Yig‘ilishdan so‘ng munozara, shaxs omillarini rivojlantirish va so‘zlashuv klublarining mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Munozara klubining ish uslubi bilan tanishtiruvchi mahorat darsida mutolaa mavzusi muhokama qilindi. Unda ishtirokchilar elektron kitob yoki an’anaviy kitob o‘qish afzalliklari haqida munozara yuritdilar. So‘zlashuv klublarining mahorat darsida ishtirokchilar ko‘ngillilar va ular qanday xislatlarga ega bo‘lishi kerakligi mavzusida suhbatlashdilar. Shaxs omillarini rivojlantirish klubi ishtirokchilari esa gender tenglik muammolari va jihatlari ga bag‘ishlangan mahorat darsida qatnashdilar.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida tashkil etilgan chet tillarni rivojlantirish va ommalashtirish Markazining ish faoliyati bilan tanishdilar va ko‘pgina qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.