O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Siz shunday buyuksiz, muallim” mavzusida kitob-ramli ko‘rgazma ochildi - Bo`limga qaytish
01.10.2015
2015 yil 1 oktabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Siz shunday buyuksiz, muallim” mavzusida kitob-ramli ko‘rgazma ochildi. Unda ta’lim sohasidagi islohotlar, ta’lim texnologiyalari, buyuk va oddiy o‘qituvchilarning jasoratlari va kundalik mehnatlari haqida hikoya qiluvchi badiiy va hujjatli asarlar, jurnallat, fotosuratlar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmada Prezidentimiz I.Karimovning ta’lim sohasida katta ijobiy natijalarga olib kelgan va ustoz va murabbiylarni shijoat bilan ishlashga ruhlantirgan, ularga qarata so‘zlagan nutqlari va tabriklari yig‘ilgan kitoblar alohida o‘rin egallagan. “Maktab va hayot” jurnali esa pedagogika masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘qituvchilarni ta’lim-tarbiya sohasidagi yangiliklar, ilg‘or maktablar, mashhur va iqtidorli o‘quvchilar, fidoiy o‘qituvchilar sulolalari bilan tanishtiradi.
Ko‘rgazmada “O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi”, “Pedagogika tarixi”, “Pedagogika”, “Tarbiyachiga 1001 maslahat” va boshqa ota-onalar, tarbiyachilar va keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan qiziqarli kitoblar mavjud.
Mazkur ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarni “O‘qituvchilarning kasbiy mahorat va kompetentligini rivojlantirish”, “Ta’lim jarayonida o‘quv fanlarini integratsiyalash”, “O‘quv ishlab chikarish ta’limi”, “Fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflarda ta’limni tashkil etish texnologiyasi”, “Umumiy ta’lim maktablari o‘quvchilarini millatlararo muloqotga tayyorlash” kabi maxsus pedagogik texnologiyalar va ixtisoslashgan sinflarda ta’lim va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar bilan boyitilgan kitoblan qiziqtirishi shubhasiz.
Ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma joriy yilning 10 oktabrigacha davom etadi.