Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
25.12.2012 Hurmatli foydalanuvchi!

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 2012 yil yakunlari bo‘yicha 28 dekabr soat 14.30 da “Eng faol foydalanuvchi” aksiyasi va “Omadli ID-kart sohibi” lotoreyasini o‘tkazadi. Tadbirda, shuningdek, Milliy kutubxona faoliyati bilan bog‘liq savol-javoblar tanlovi ham tashkil qilinadi. Lotoreya va tanlov g‘oliblariga kutubxona tomonidan sovg‘alar: fleshkalar, kitoblar, kutubxonaning qo‘shimcha xizmat turlari talonlari tayyorlangan.  

22.12.2012 Milliy kutubxona kinomarkazida namoyish etiluvchi filmlar repertuarini yangiladi

Milliy kutubxona kinozali ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-ommabop video materiallar repertuarini o`zida jamlagan bo`lib, ushbu video materiallarda  milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz, tarixiy-ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash hamda yoshlarning ma’naviy yetuk inson bo`lib yetishishlaridagi asosiy omillar ko`rsatib berilgan. 

21.12.2012 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar
Joriy yilning 17-21 dekabrgacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 386 ta yangi nomdagi axborot resurslari ro‘yxatdan o‘tkazildi.
193 kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 94 ta; tibbiyot - 8 ta; badiiy adabiyot - 41 ta; qishloq xo‘jaligi - 1 ta; tabiiy fanlar - 1 ta, texnika - 5 ta; san'at - 3 ta; ta'lim, madaniyat - 34 ta; sport - 4 ta; adabiyotshunoslik - 1 ta); 123 ta avtoreferat
21.12.2012 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab, milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 

20.12.2012 Omon Muxtor bilan uchrashuv

“Adabiyotsiz ma'naviyat yo‘q, ma'naviyatsiz esa, kelajak yo‘q” degan shior bugungi kunda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi zallarida o‘tayotgan tadbirlarda tez-tez tilga olinmoqda. Yaqinda shu ma'rifat maskanida O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, adib Omon Muxtorning muxlislar bilan bo‘lib o‘tgan diydorlashuvida ham ana shu so‘z ustuvorlik qildi. Kutubxonada haftada bir (chorshanba) o‘tayotgan ma'naviyat kunlari  doirasida tashkil etilgan bu anjumanda adibning “Sharq” nashriyot-matbaa kompaniyasi Bosh tahririyati tomonidan (2011– 2012 y.y.) chop etilgan 2 jildlik “Sharshara” va “Suvratdagi yo‘lbars” kitoblari taqdimoti bo‘ldi. 

19.12.2012 Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida 20-21 dekabr kunlari “Kelajak ovozi” Respublika ko`rik-tanlovining Respublika final bosqichini o`tkazish bo'yicha ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti o`tkaziladi

Taqdimotlar kutubxonaning ushbu o'quv zallarida:
"KASHFIYOT" o'quv zalida yoshlarning innovatsion loyihalar taqdimoti (I);
"TAFAKKUR" o'quv zalida yoshlarning texnika yo'nalishi bo'yicha loyihalar taqdimoti; 

Oldin   159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 174 175 176 177 178 179 180    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar