Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
26.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida zamonaviy Italiya arxitekturasining o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi


2015 yil 26 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Milan politexnika universiteti professori Lorenso Morgantining zamonaviy Italiya arxitekturasining o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar treningi bo‘lib o‘tdi.  Tadbir Toshkent moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Lorenso Morganti arxitektura tushunchasining zamonaviy talqinini ochib berdi, arxitektura yo‘nalishlari va shahar dizayni haqida hikoya qildi. O‘zi tomonidan yaratilgan eksklyuziv mehmonxonalar  intereri haqida so‘zlab berar ekan, professor Morganti ularning mehmonlar qulayligi uchun shinamliligi, arxitektonik badiiy bo‘yoqdorligining muhimligini aytib o‘tdi. “Bunday inshootlarni yaratishda har bir zamonnning o‘z arxitektura uslublari yo‘nalishini e’tiborga olish kerak”, dedi janob Morganti va Italiya modernizmi namunalari sanalmish inshootlar foto suratlarini namoyish etdi. 

26.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Alisher Navoiyning fransuz tilidagi kitoblari bilan to‘ldirildi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi fondi Alisher Navoiyning fransuz tilidagi kitoblari bilan to‘ldirildi. Kitoblar Alisher Navoiyning 575 yilligini nishonlash arafasida Fransiya Milliy kutubxonasi tomonidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga armug‘on etildi. 
“Orphee La Difference” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Gazels et autres poems” kitobida Alisher Navoiy g‘azallari Hamid Ismoilov va Jan Per Balpe tomonidan fransuz tiliga tarjima qilingan. Kitobda tarjimonlar Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqidagi qisqacha ma’lumot va asarlari bibliografiyasini keltiradi. Shuningdek, kitobda g‘azal, ruboiy, qit’a, chiston, muhammas, fard, mustahzod kabi adabiy janrlarning ta’rifi va ularning fransuz tillaridagi namunalari berilgan.
25.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Izzat Sulton tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi


2015 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston FA  akademigi, adabiyotshunos olim Izzat Sulton tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “Adabiyot ilmining sultoni” mavzusida bibliografik obzor bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahri va Toshkent viloyati axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 

Bibliografik obzor moderatori O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Shukur Qurbon yozuvchi, adabiy tanqidchi, dramaturg, davlat va jamoat arbobi Izzat Sulton hayoti, ijodiy yo‘li va jamoat ishlaridagi faoliyati haqida so‘zlab berdi. Izzat Sulton ijodi to‘g‘risida gapirar ekan, moderator mashhur yozuvchilar va adabiyotshunoslarning u haqidagi xotiralarini o‘qib berdi. 

25.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida koreys liboslarining tarixiy o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi


2015 yil 25 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Koreyadagi Jungbu universiteti professori Ji Djung Kangning koreys liboslarining tarixiy o‘ziga xosliklariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Professional moda haftaligini o‘tkazishdan maqsad, yosh dizaynerlar va “Modalar uy”larining kolleksiyalarini namoyish etishlari uchun imkoniyatlar yaratish, moda dunyosi yangiliklaridan xabardor etish, iste’dodli yoshlarni ijodiy potensiallarini rivojlantirish, professional muhitni tashkil etish va jahon moda sanoati bilan xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishni tashkil etishdan iborat.

24.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amerikalik taniqli qandolatpaz Uilyam Yozis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2015 yil 24 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida amerikalik taniqli qandolatpaz Uilyam Yozis bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent turizm va servis kolleji o‘qituvchi va o‘quvchilari, kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda Uilyam Yozis zamonaviy amerika qandolatchilik san’ati, sog‘lom ovqatlanish, pazandalik sohasida biznes va tadbirkorlik haqida so‘zlab berdi. U sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish foydasi, taniqli insonlar ratsioni, uni shohasarlar yaratishga ruhlantiradigan fantaziyalari va yangi texnologiyalar haqida ham so‘z yuritdi. Uilyam Yozis 2014 yilga qadar Vashingtondagi Oq uyda shef-qandolatchi vazifasini bajarib kelgan davrda yaratilgan shaxsiy dasturlarini taqdim etdi. 

19.11.2015 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida rassom Kamoliddin Behzod tavalludining 560 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi


2015 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida o‘zbek miniatyura san’ati asoschisi, rassom Kamoliddin Behzod tavalludining 560 yilligi munosabatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti, Toshkent moliya instituti professor-o‘qituvchilari, talabalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.


Oldin   6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar