01.10.2015
Insonlarga ilm taratishdan, ularni jamiyatda yashashga tayyorlashdan sharafliroq kasb yo‘q. Zero, dunyoda eng buyuk, mas'uliyatli va matonatli kasb – O‘qituvchi kasbidir. O‘zgaga biron narsani o‘rgatish – juda mushkul. Siz bizlarga o‘z bilganlaringizni o‘rgatasiz, dunyo sirlarini ochasiz, bizni qo‘limizdan tutib ilk bor birinchi sinfga yetaklaysiz, bizlar haligacha tushunmay kelayotgan oddiy haqiqatlarni tushuntirib berasiz. Dunyo tamadduni asoslari uchun insoniyat sizning oldingizda bosh egadi. Kasbingiz sizdan nafaqat ko‘p bilimga ega bo‘lishni, balki ma'naviy boylik, sabot, kezi kelganda esa mustaxkam irodani talab qiladi.
Sizning harakatlaringiz mamlakat ravnaqi yo‘lida ulkan zafarlaga olib kelishi shubhasizdir!
Ushbu iliq kuz kunida sizga mustaxkam sog‘lik, ko‘tarinki ruh, yangi ilhomlar va ijodiy barkamollik, barcha ko‘zlagan rejalaringizga rivoj, tirshqoq va iqtidorli o‘quvchilar va albatta, mashaqqatli, lekin olijanob ishingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz!