Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Inson, uning e’tiqodi, jamiyat, koinot: taraqqiyoti muammolari va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


30.09.2015

 

2015 yil 30 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Imom Buxoriy xalqaro markazi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston miliy universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Inson, uning e’tiqodi, jamiyat, koinot: taraqqiyoti muammolari va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi vakillari, faylasuflar, siyosatshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 
Seminarda hozirgi paytda global miqiyosda ro‘y berayotgan tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ahloqiy jarayonlarni ontologik, gnoseologik va ma’naviy-ma’rifiy nuqtai nazardanfalsafiy va mantiqiy tahlil etish masalalari muhokama etildi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar uning maqsadi, ya’ni yoshlarda falsafiy tafakkur madaniyatini vujudga keltirish; ularni hozirgi paytda ilm-fan taraqqiyotida erishilayotgan yutuqlar, yangi konsepsiyalar haqidagi bilimlar bilan qurollantirish va bu bilimlarni falsafiy tahlil etish malakalari bilan tanishtirish; jahonda ro‘y berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy jarayonlarni to‘g‘ri qabul qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash; koinot, jamiyat, inson va uning e’tiqodi haqidagi dunyoqarashni kengaytirish, Ona Vatanga, ma’naviy merosimizga, tarixiy qadriyatlarga sadoqatni kuchaytirish asosida vatanparvarlik tuyg‘ularini o‘stirish; ma’naviy tahdidlarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish ekanligini ta’kidladilar. 
Seminarning yalpi majlisida “Tafakkur – insoniyat taraqqiyotining buyuk harakatlantiruvchi kuchi”, “Kosmologiya, ontologiya, gnoseologiya”, “Ilmiy-ma’naviy meros va falsafa tarixi masalalari”, “Inson va jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalari”, “Inson, uning e’tiqodi, jamiyat, koinot: taraqqiyoti muammolari va hozirgi zamon” mavzularida ma’ruzalar tinglandi, shuningdek, f.f.d., professor B.To‘raevning “Tanlangan asarlar” kitobi taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. 
Seminar qatnashchilari ma’ruzalar yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etdilar, taqdimoti bo‘lib o‘tgan kitobni iliq qarshi oldilar va anjuman tashkilotchilariga mazkur anjumanni tashkil etishda va uni o‘tkazishdagi faolligi uchun minnatdorchilik bildirdilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar