O‘zbekiston Milliy kutubxonasida oktabr oyida tashkil qilinadigan tadbirlar -
Bo`limga qaytish
30.09.2015
1 oktabr kuni “Tafakkur” zalida ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan “Ustozlarni e’zozlagan yurt” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
3 oktabr kuni “Kashfiyot” zalida shoir S. Yesenin tavalludining 120 yilligiga “Ещё я долго буду петь…” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma;
7 oktabr kuni “O‘zbekiston” zalida shoir Muhammad Aminxo‘ja Mirzaxo‘ja o‘g‘li Muqimiy tavalludining 165 yilligi munosabati bilan “Sog‘inchlarning cho‘g‘larini jismim aro joylading…” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma va bibliografik obzor;
9 oktabr kuni soat 15:00da Respublika ilmiy-ommabop, hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor Muzaffar Erkinov tomonidan suratga olingan “Umr bekatlari” nomli hujjatli film taqdimoti;
15 oktyabr kuni O‘zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan “Bolajonlarni o‘ylaganimda…” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma;
20 oktyabr kuni soat 15:00 kichik majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan “Ona tili-millat ko‘zgusi” shiori ostida davra-suhbati, “Til-tafakkur mezoni” nomli kitob-rasmli ko‘rgazma;
Tadbirlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin