Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jaev tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “San’at bo‘stonida so‘nmaydi nomi” deb nomlangan xotira kechasi - Bo`limga qaytish


29.09.2015

 

2015 yil 29 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aktyor, rejissyor, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq artisti Olim Xo‘jaev tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlangan “San’at bo‘stonida so‘nmaydi nomi” deb nomlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda aktyorning maslakdoshlari, izdoshlari, uning san’atining haqiqiy muhlislari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan tasvirga olingan “Yaxshi nom” hujjatli filmidan  parcha namoyish etildi.
Xotira kechasini ochiq deb e’lon qilar ekan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi O‘zbekiston xalq artisti Yayra Abdullaeva O. Xo‘jaev yaratgan obrazlarning o‘ziga xosligi, ularning hozirgacha barhayotligini va uning san’atkor va jamoat arbobi sifatida o‘zbek milliy madaniyati ravnaqiga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi. Shuningdek, u shogird sifatida O.Xodjaevdan olgan o‘gitlari haqida ham so‘zlab berdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov repetitsiyalar va spektakllar namoyishi jarayonida yodda qolgan xotiralar bilan o‘rtoqlashdi. Hususan, u  O.Xo‘jaevdagi mehnatsevarlikka alohida urg‘u berib, uning rollarga tahliliy yondoshishlarini, ularga nisbatan o‘z fikrlarini bildirib o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda magkur obrazlarni gavdalantirganini aytib o‘tdi. T.Azizov nutqining oxirida Gamlet monologini o‘qib berdi. 
“Olim Xo‘jaevning go‘zal tashqi qiyofasi, yuksak madaniyati va to‘la ma’nodagi ziyolilik sifatlari chuqur falsafiy rollarni o‘ynashda, Alisher Navoiy, Hamlet, Yuliy sezar, Qirol Lir kabi obrazlarini yaratishda qo‘l kelgan, - dedi O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori O‘zbekiston xalq artisti Yodgor Sa’diev, - I.Sultonning “Iymon” spektaklidagi prfessor Yo‘ldosh Komilov obrazi timsolida esa O.Xo‘jaev zamonamizning eng yaxshi, eng ulug‘vor va eng oliyjanob fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan kishilarimizning obrazini yorqin gavdalantirgan”. Shuningdek, Yo.Sa’diev xotira kechasi qatnashchilariga ustoz O.Xo‘jaev sevgan “Ey, sabo...” qo‘shig‘ini kuylab berdi.
Ustoz va murabbiylar kuni arafasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda aktyorlar 21-umumta’lim maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilariga O‘zbek Milliy akademik drama teatrida yo‘lga qo‘yilgan “ustoz-shogird” an’analari doirasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdilar. Mazkur maktabning “Nihol” teatr dastasi ishtirokchilari esa I.Sultonning “Alisher Navoiy” pesasidan parcha ijro etdilar. 
Tadbir doirasida O‘zbekiston xalq artisti O.Xo‘jaev hayoti, uning aktyorlik, rejissyorlik va jamoat ishlari faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda teatr darg‘asi haqida hikoya qiluvchi xotira kitoblari, ensiklopediyalar va jurnallar taqdim etilgan.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar