Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yaponiya yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi - Bo`limga qaytish


29.09.2015

 

2015 yilning 29 sentabrda Alisher Navoiy nomli O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga Yaponiya yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligida Yaponiya delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlarga Simpoziumlar saroyi va Milliy kutubxona bo‘ylab tanishtiruv ekskursiyasi uyushtirilib, unda O‘zbekiston Milliy kutubxonasining faoliyati, imkoniyatlari va rivojlanish istikbollari haqida so‘zlab berildi. 
Tashkil etilgan ekskursiya davomida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori o‘rinbosari U.Teshabaeva kutubxonaning qurilish tarixi va hozirgi faoliyati, foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, elektron bazani yaratish jarayonida qo‘llaniladigan ilg‘or informatsion texnologiyalar, Milliy kutubxonaning xalqaro aloqalari haqida ma’lumot berdi. 
Kutubxona bo‘ylab qilingan ekskursiya chog‘ida mehmonlar kitob muzeyi, ko‘rgazmalar, multimediya va elektron zallarni ko‘zdan kechirdilar. Yapon delegatsiyasi a’zolari o‘quv zallarini aylanib chiqar ekan, u yerdagi zamonaviy multimediya uskunalari bilan jihozlangan maxsus zallarni tomosha qildi, kitob fondining joylashishi va saqlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda foydalanuvchilarning kutubxonaning sunggi ma’lumotlari, onlayn-resurslar va audio-resurslar bazasi bilan tanishtiruvchi kioskalar bilan qiziqdilar. Ayniqsa mehmonlar “Jahon” zalida tashkil etilgan Milliy kutubxona fondlarida saqlanuvchi yapon kitoblari ko‘rgazmasini yuksak baholadilar.
Delegatsiya a’zolari qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar bo‘limiga ham tashrif buyurdilar. Bu yerda ular qadimiy litografik va bosma nashrlar, xaritalar, hatto, yapon tilidagi noyob kitoblar bilan ham tanishdilar.
Yaponiya yer, infratuzilma, transport va sayyohlik vazirining parlamentdagi o‘rinbosari Keysuke Suzuki  mexmonlar kitobida o‘z yozuvlarini koldirar ekan, unda o‘z taassurotlarini izhor qildi va kutubxonaning yanada rivojlanishiga tilak bildirdi. Tashrif so‘ngida K.Suzukiga Uzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan esdalik sovg‘asi taqdim etildi.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar