O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqshunos-arabshunos olim, professor A.E.Shmidtga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi -
Bo`limga qaytish
09.08.2015
2015 yil 9 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida sharqshunos-arabshunos olim, Turkiston universiteti tarix-falsafa kafedrasi professori, muzeylar, qadimiy yodgorliklar, san’at va tabiatni muxofaza qilish Turkiston ko‘mitasi a’zosi Aleksandr Eduardovich Shmidtga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
Aleksandr Eduardovich Shmidt 1871 yilda Astraxanda tavallud topgan. 1889 yilda maktabni tugatgach Sankt-Peterburg universiteti sharq tillar fakultetiga, 1894 yilda esa shu fakultetning arab-fors-turk bo‘limiga o‘qishga kirdi. Talabalik davridayoq u yevropa, sharq va qadimiy tillarni egallab, shu sohada ilmiy tadqiqotlar amalga oshirgan. U tarixchi va arabshunos uchun islom yodgorliklarini mustaqil o‘qish va tadqiq etishni juda muhim hisoblagan va A.E.Shmidtning ilmiy qiziqishlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan mashhur rus sharqshunosi V.R.Rozenning shogirdi edi.
.jpg)
1938-39 yillarda A.E.Shmidt Davlat jamoa kutubxonasining Sharq bo‘limida ishlagan. U sharq qo‘lyozmalarini o‘rganish va ularni ta’riflash bilan shug‘ullangan, Ufadan Toshentga Usmon Qur’onining keltirilishida xayrihohlik qilgan. Sharq qo‘lyozmalari, muhim xatlar, yodgorliklarni ta’riflash, ularni bosmaga tayyorlash uning zimmasida edi. Shmidt.A.E. birinchi islomshunos olimlardan edi. Uning tadqiqotlarida islom huquqi, tarixi masalalari alohida o‘rin tutadi, u ko‘pgina O‘rta Osiyo arxitektura yodgorliklarini o‘rganishga bag‘ishlangan ekspeditsiyalarda ishtirok etgan. Unig shogirdlari qatorida Ye.K.Betger, A.K.Borovkov, M.Auezov, P.P.Ivanov kabi mashhur tarixchilar bor.
Sharqshunos-arabshunos olim, Aleksandr Eduardovich Shmidtga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasida uning “Izvestiya obщestva po izucheniyu Tadjikistana i iranskix narodnostey za yego predelami”, “V.V.Bartoldu turkestanskie druzya, ucheniki i pochitateli”, “Materialы po rodovomu sostavu kazaxskogo naseleniya Yugo-Zapadnoy chasti Chimkentskogo uezda”, “Iz istorii sunnitsko-shiitskix otnosheniy”, “Ocherki istorii islama, kak religii”, “Primenenie sistemы fikha v arabskoy grammatike”, “Sbornik Turkestanskogo vostochnogo instituta” va boshqalar kabi kitoblari, ilmiy tadqiqot ishlari, monografiyalari o‘rin olgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar tarixga islom huquqi, tarixi, arab tili va adabiyotini tadqiq etgan islomshunos olim sifatida kirib kelgan sharqshunos A.E.Shmidt hayoti, ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
