Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ingliz yozuvchisi Agata Kristi tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi - Bo`limga qaytish


21.09.2015

 2015 yil 15 sentabr kuni  O‘zbekiston Milliy kutubxonasida ingliz yozuvchisi dunyoda Agata Kristi nomi bilan tanilgan Agata Meri Klarissa Mallouen tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan “Izquvarlik janri ustasi” deb nomlangani kitob ko‘rgazmasi ochildi. U o‘zi yaratgan 80 detektiv roman, 6 psixologik roman, 19ta hiqoyalar to‘plami va bugungi kunda ham o‘z mashhurligini yo‘qotmagan va dunyo teatrlarida sahnalashtirib kelinayotgan ko‘plab pesalari tufayli eng taniqli detektiv (izquvar) asarlar yozuvchilari sirasiga kiradi.  

Prozanavis va dramaturg Agata Meri Klarissa Mallouen 1890 yil 15 sentabr kuni Torki shahri, Devon grafligida (Buyuk Britaniya) tavallud topgan. 1920 yilda Kristi  o‘zining birinchi “Tainstvennoe proisshestvie v Staylz” deb nomlangan detektiv asarini chop ettiradi.
Ingliz detektiv asarlar ustalari an’anasini davom ettirgan holda u 33ta roman, 1ta pesa va 54ta hiqoyalar qahramoni belgiyalik mohir izquvar Erkyul Puaro va “Trinadsat zagadochnыx sluchaev” asarida paydo bo‘lgan va 12ta romanining qahramoni bo‘lgan Sent-Meri-Mid ingliz qishloqchasi fuqarosi, xavaskor-izquvar miss Marpl obrazlarini yaratdi.
 
 
Agata Kristi tavalludining 125 yilligiga bag‘ishlangan mazkur ko‘rgazmada detektiv janri kitobxonlariga manzur bo‘lib qolgan “I na treщinax zerkalnыy krug”, “Mesto naznacheniya neizvestno”, “Partnyori po prestupleniyu”, “Zyonishki v karmane”, “Tainstvennыy protivnik”, “Izumrud Radji”, “Rojdestvo arafasidagi qotillik”, “O‘g‘irlangan million dollar” audio kitoblar, “Qopqon”, “Svidetel obvineniya” dramalari o‘rin olgan mashhur pesalar to‘plami, shuningdek “Chelovek i zakon”, “Qalqon” va “Literaturniy jurnal” jurnallarida chop etilgan asarlari havola etilgan.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar dunyoning 100dan ortiq tillariga tarjima qilingan, bir necha marotaba ekranlashtirilgan 80 dan ziyod hikoyalar, o‘nlab pesalar muallifi “izquvarlik qirolichasi” Agata Kristi hayoti va ijodiga dahldor qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar