Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Pavel Borisov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


18.09.2015

 

2015 yil 18 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi majlislar  zalida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, respublika va xalqaro konkurslar laureati, estrada qo‘shiqlari ijrochisi Pavel Borisov bilan ijodiy uchrashuv va unig “Skripka, notki, otkrovenya” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shoirlar, musiqachilar, estrada xonandalari, Pavel Borisov ijodining asl shinavandalari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirni ochiq deb e’lon qilar ekan, loyiha tashkilotchisi va kecha moderatori  Irina Paramonova mehmonlarga Pavel Borisovning ijod yo‘li, uning insoniy fazilatlari va ijrochilik mahorati haqida so‘zladi. Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar: O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov, kompozitor Valeriy Saparov va Pavel Borisov shogirdi xonanda Maryam G‘ofurovalar  Pavel Borisovning mashhur shoirlar, kompozitorlar va xonandalar bilan hamkorligi, uning serqirra talanti va u bilan bo‘lgan ijodiy hamkorliklari to‘g‘risidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ijodiy kechada mamlakatimiz tashqarisida ham o‘z ihlosmandlariga ega bo‘lgan Pavel Borisovning adabiy mahorati aks ettirilgan, uning lirik dunyosi va ko‘ngil kechinmalarini xarakterlovchi “Skripka, notki, otkrovenya” kitobi taqdimoti bilan bir qatorda muallifning o‘zi ijrosida she’rlar, kichik nasriy asarlari  va qo‘shiqlari yangradi.
Ijodiy kechaga tashrif buyurganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar