Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Prezident I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” asari mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


16.09.2015

 

2015 yil 16 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir”asari mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar. 
Anjumanda so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayonlaridagi uchrashuv va anjumanlarda bildirgan eng muhim g‘oya va fikr-mulohazalari jamlangan, o‘zligimizni e’tirof etuvchi, ertangi kunimizga ishonch uyg‘otuvchi va barchamizni teran fikrlashga undovchi mazkur asarning mohiyati va bugungi kundagi dolzarb ahamiyati haqida so‘zladilar. Hususan, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori, p.f.n., dotsent R.Q.Choriev xalqimizning milliy manfaati, hozirgi va ertangi kunimizning eng ustuvor yo‘nalishlarini, jamiyatimizning taraqqiyot falsafasini, mamlakatimiz va xalqimiz kelajagi, uning ravnaqini belgilab berishda, yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi muhim o‘rnini e’tirof etdi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Yangi jamiyat” studiyasi rahbari, f.f.n., dotsent Q.A’zamov “Asarda kecha va bugunning qiyosi, hozirgi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga baho hamda galdagi vazifalar tahlili” deb nomlangan ma’ruzasida kitobda Yurtboshimizning mamlakatimiz mustaqillik yillarida bosib o‘tgan sharafli yo‘li, yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi haqida bayon etgan g‘oyalari hususida fikr bildirdi. 
Asarning tuzilishi, mazmun-mohiyati hamda ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati haqida gapirar ekan, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi professori S.Olimov, uning yurtdoshlarimizni ijtimoiy va ma’rifiy faollikka undashda ma’naviyat targ‘ibotchilariga ko‘makdoshligini e’tirof etdi.
Zangiota tumani 53-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari M.Xudoynazarova asardagi g‘oyalarning o‘quvchi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularni barkamol shaxs bo‘lib yetishishidagi o‘rni haqidagi fikrlarini bayon etdi va yoshlarga el-yurt farovonligi yo‘lida xizmat qilish inson uchun oliy saodatga erishish bilan barobarligini ta’kidladi.
Tadbirda ishtirok etgan yoshlar ham “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir” kitobi bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon etdilar va uning yoshlar hayotida, ularni yuksak bilim cho‘qqilarini egallashda va yangi marralar sari intilishlarida ruhlantiruvchi kuchini e’tirof etdilar.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar