Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
19.01.2013 Kinomarkaz O`zbek multfilmlari bilan boyitildi

Sizga ma`lumki kutubxona kinomarkazi O`zbek kino Milliy agentligi va respublikamizda faoliyat yuritayotgan ko`plab kinoijodkorlarning videofilmlari bilan boyitilgan endilikda bolajonlarga bag`ishlangan turli yangi o`zbek multfilmlar va bolalar badiiy filmlari to`plami ham kinozal repertuaridan joy egalladi. Bu yerda ma’daniy hordiq chiqarib ma`naviy ozuqa olishlari uchun kerakli sharoitlar yaratilgan. 

18.01.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 

18.01.2013 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar
Joriy yilning 14-18 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 144 ta yangi nomdagi kitob (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 64 ta; tibbiyot - 1ta; ta'lim va madaniyat - 16 ta, badiiy adabiyotlar - 43 ta; texnika - 2 ta; san'at - 2 ta;
 q.x.-1 ta; tarix - 5 ta; psixologiya - 1 ta; adabiyotshunoslik - 1 ta; tabiiy fanlar - 8 ta) qabul qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ularga texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi.
17.01.2013 Milliy kutubxonada elektron kutubxona faoliyat ko`rsatmoqda

Milliy kutubxonaning o`ng taraf birinchi qavatida elektron kutubxona  o`z ish faoliyatini boshaldi. Bu yerda 450 000dan ortiq elektron kitoblar mavjud bo’lib ular orasida elektron darsliklar, qo`llanmalar va boshqa turdagi ma’lumotlar mavjud. Ma`lumotlar bazasi o`zbek, rus va ingliz tillariga asoslangan. Barcha kompyuterlar internet tarmog`iga ulangan. Elektron kutubxona barcha uchun bepul  xizmat ko’rsatadi.

17.01.2013 16 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Qalbga yo‘l” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e'tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir. Biz bunday o‘tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak”. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning yuqoridagi fikri hamisha dolzarb.  

15.01.2013 Mustaqil O‘zbekistonning 2013 yilgi muhim va unutilmas sanalar taqvimi

O‘tmish va hozirgi kunni bog‘lab turuvchi muhim voqyealar, xalqimiz ko‘p yillardan beri nishonlab kelinayotgan bayramlar va tadbirlar haqidagi ma'lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Mustaqil O‘zbekistonning muhim va unutilmas sanalari” taqvimi o‘zbek va rus tillarida har yili tayyorlanishi an'anaga aylangan. 


Oldin   156 157 158 159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 174 175 176 177 178    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar