09.09.2015
2015 yil 25 avgustdan 1 sentabrga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari Seul shahri Dongdemoon tumanida joylashgan Kyongxi Universiteti Markaziy kutubxonasida “O‘zbekiston kutubxonachilarining malakasini oshirish” dasturi bo‘yicha Koreyaga tashrif buyurishdi, deb xabar beriladi Koreya elektron ommaviy axborot vositalarida.


Bu galgi dasturda xorijiy kutubxonalar va mamlakat ichidagi universitet kutubxonalari ilmiy va axborot tajribasi almashinuvi sohasida mutuxassislar bilim va malakalarini yanada oshirishga katta e’tibor qaratildi. Ushbu dasturda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika yig‘ma elektron katalog markazi, axborot-kutubxona markazlari va Respublika bolalar kutubxonasidan jami 18 nafar oliy va o‘rta toifali mutaxassislar ishtirok etishdi.
Ularga sohaning professor-mutaxassislari mualliflik huquqi, kutubxona marketingi, turkumlash ro‘yxati, turkumlashni rivojlantirish va kutubxonachilik bilan bog‘liq yangi texnologiyalar bilan tanishishtiruvchi ma’ruzalar o‘qidilar va Kyongxi Universiteti kutubxonasi misolida amalda ko‘rsatdilar.
Bundan tashqari mehmonlar Seuldagi Markaziy Davlat kutubxonasi, Qirol Sedjong kutubxonasi kabi boshqa bir qator kutubxonalarga ham tashrif buyurib, u yerdagi yangiliklar bilan ham tanishdilar.