O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi Aleksandr Kuprin tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi -
Bo`limga qaytish
07.09.2015
2015 yil 7 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yozuvchi va tarjimon Aleksandr Kuprin tavalludining 145 yilligiga bag‘ishlangan kitob ko‘rgazmasi ochildi.
O‘z ijodida hamisha buyuk o‘zgarishlar ro‘y berishiga ishonch bildirib ijod qilgan, an’anaviy rus klassik adabiyotining yorqin namoyondasi Aleksandr Ivanovich Kuprin 1870 yil 7 sentabr kuni tavallud topgan. U Moskvadagi Aleksandrov harbiy bilim yurtini tamomlagach, Chor imperiyasi chegara polklarida xizmat qiladi. U bilim yurtida tahsil olayotgan davridayoq kichik hikoyalar yozadi va «Vpotmax» qissasini yaratadi. Harbiy xirmatdan iste’foga chiqqach, u o‘z umrini adabiyotga bag‘ishlaydi, gazetalarda muhbir bo‘lib ishlaydi. Kupringa kambag‘allar hayotini, kishilarning og‘ir turmush tarzini realistik tasvirlagan, hayotida xayrihoh topolmagan inson fojeasi aks ettirilgan “Ofat” hikoyasi shuxrat keltirdi (1896). Uning qahramonlari ma’naviy dunyosi boyligi, qalbi pokligi bilan hamisha ajralib turadi. Ular intellektual qiziqishlardan holi, bular: baliqchilar, sirkchilar, kurashchilar, uchuvchilar va hayotida tuganmas g‘ayrat-shijoatga va bukilmas irodaga ega insonlardir. Kuprin asarlarining ko‘pchiligi bo‘yicha ssenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
.jpg)
.jpg)
Ko‘rgazmadan o‘rin olgan kitoblar orasida Kuprinning 2 va 9 jildlik tanlangan asarlar tshplamiga kirgan, nafis ifodalangan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari aks ettirilgan “Olesya”, “Sulamif”, “Yoqut ko‘zli bilaguzuk” kabi qissa va hayotning shafqatsiz qiyinchiliklariga qaramay yuksak go‘zallik namunalarini tarannum etgan hayvonlar haqidagi “Oq baroq”, “Oltin xo‘roz”, “Zumrad” hikoyalari rukni, muhojirlikda rus-yapon urushi va birinchi rus inqilobi tafsilotlari bilan bog‘liq «Shtabs-kapitan Rыbnikov», «Hayot dengizi» hikoyalari, «O‘ra», «Papasha», «Goga Veselov», «Bir qo‘llik komendant» qissalari va “Yunkerlar”, “Janeta”, “Vaqt gardishi” romanlari, xotiralardan parchalar, ocherklar va boshq. munosib o‘rin egallagan.
Mashhur yozuvchining 145 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar nemis, finn, fransuz va italyan tillaridan rus tiliga she’rlar o‘girgan tarjimon-Kuprin haqida ham boy ma’lumotga ega bo‘ldilar.