Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Miliiy kutubxonasi kitob muzeyi ekspozitsiyasi yangilandi - Bo`limga qaytish


07.09.2015

 

O‘zbekiston Miliiy kutubxonasi kitob muzeyi har oyda o‘z ekspozitsiyasini yangilab boradi. Shunga ko‘ra navbatdagi ekspozitsiya sharqshunos olimlarining asarlariga bag‘ishlandi.
Ekspozitsiyaga O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar”ga boy fondida saqlanayotgan sharqshunos olimlarining asarlarini tanlashda ularning nashr etilish davri, noyobligi, shuningdek, Sharq falsafasi, tilshunosligi, geografiyasi, huquqshunosligi va tarixi masalalari bilan qiziqqan Yevropa sharqshunos olimlarining asarlariga e’tibor qaratildi. Ular ichida eng qadimiysi XVII asr o‘rtalarida nashr etilgan bo‘lib, qolganlari asosan XVIII va XIX asrlarni tashkil etmoqda. Ko‘rgazmadagi sharqshunos olimlarining asarlari sharqshunoslik fanining turli yo‘nalishlariga bag‘ishlangan. Ular davlat huquqi, boshqaruv tizimi va Sharq qonunchiligini qiyosiy tahlil qiladilar, Misr, Yaqin Sharq va Hindiston olimlarining asarlari iqtibozlarini ilmiy jihatdan izohlaydilar, sharq tillari grammatikasini ta’riflaydilar va turli xonliklar boshqaruvi tarixini va tuzilishini o‘rganadilar.
Muzey ekspozitsiyasida sharqshunos mutaxassislar uchun qimmatbaho hisoblangan ko‘p jildlik asarlar hamda ma’lumotnoma sifatidagi manbalarga alohida o‘rin ajratilgan. Unda, asosan, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va boshqa Yevropa sharqshunos olimlari tomonidan yaratilgan asrlari o‘rin olgan.
Ko‘rgazma joriy yilning 30 sentabriga qadar davom etadi.
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar