Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Yurtim jamoli» fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi - Bo`limga qaytish


04.09.2015

 

2015 yil 4 sentabr kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan «Yurtim jamoli» fototanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  
Mutolaa madaniyati darajasini yuksaltirish, mamlakat madaniy merosini asrab avaylash, axborot-kutubxona sohasida Internet imkoniyatlarini oshirish, jamiyat hayotida kutubxonalarning ijtimoiy-madaniy ahamiyatini oshirish va kutubxonada tashkil qilinayotgan tadbirlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan Mustaqilligimizning  24 yilligi munosabati bilan «Yurtim jamoli» fototanlovi e’lon qilingan edi. 
Fototanlovda ishtirok etishni xohlaganlar joriy yilning 3 sentabriga qadar yurtimiz jamolini, go‘zal manzaralarini va betakror tabiatini aks ettirgan, o‘zbek xalqining an’analarini, milliy qadriyatlarini va ko‘p millatli o‘zbek xalqining turmushini targ‘ib etuvchi fotosuratlarni Milliy kutubxona elektron manziliga yuborishlari kerak edi. Avgust oyining boshidan buyon yuborilgan rasmlar kutubxona foyesidagi stendlarda barcha foydalanuvchilar diqqatiga havola etildi. Foydalanuvchilar fotosuratlar mohiyatini va sifatini baholash imkoniga muyassar bo‘ldilar.
«Yurtim jamoli» fototanlovi natijalariga ko‘ra hayyat a’zolari tomonidan g‘oliblar uch nominatsiya bo‘yicha aniqlandi.
O‘zbekiston tabiati manzaralari nominatsiyasida tabiatning uyg‘onishi, o‘zbek xalqi xohish-irodasining ramzi sifatida yerni yorib chiqqan nihol tasvirlangan Galina Skosirskayaning fotosurati g‘olib deb topildi.
 
O‘zbek xalqining an’analarini, milliy qadriyatlarini ifodalovchi suratlar nominatsiyasida bobolar xunarlarini yosh avlod tomonidan e’zozlanib davom ettirilayotganini aks etgan Asqar Yakubovning fotosurati e’tirof etildi.
 
O‘zbekiston shaharlari nominatsiyasida Tatyana Leshenkoning kuyosh nurlarida tovlanayotgan viqorli maschit surati g‘olib deb topildi.
Fototanlov g‘oliblari O‘zbekiston Milliy kutubxonasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar