Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Yangiliklar
28.01.2013 Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida Kanada davlatining O’zbekistondagi faxriy еlchixonasidan tantanali ravishda kitob taqdim etish marosimi o’tkazildi.

2013 yil 28 yanvar kuni Djon Sloan boshchiligida Kanadaning Ishbilarmon doirasi vakillari O’zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida mehmonlar uchun tanishuv ekskursiyasi o’tkazildi va Milliy kutubxona faoliyatida joriy qilingan zamonaviy kutubxona-axborot texnologiyalari bilan tanishib chiqildi. Shuningdek, chet el adabiyotlari “Jahon” o’quv zalida ingliz va fransuz tillarida Kаnadaning tarixi, madaniyati va san’ati kitoblarining taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Marosimda kitobxonlar Kanadaning madaniyati, an’anasi, hayoti, davlatning tuzilishiga oid qiziqarli savollar-javoblar bilan qatnashdilar.
 

25.01.2013 Milliy kutubxonada elektron ma'lumotlar bazasining to‘ldirilishi hamda nashrlarga ISBN va ISSN raqamini berish ishlari davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida aholini axborotga bo‘lgan talabini qondirish hamda axborot-resurs bazalaridan foydalanish imkoniyatini  yanada kengaytirish maqsadida 2012 yildan milliy bibliografiya ma'lumotlari bazasini shakllantirsh xizmati AIBS dasturi asosida elektron ma'lumotlar bazasini o‘lkaga oid bo‘lgan gazeta va jurnal maqolalari bilan to‘ldirib kelmoqda. 

25.01.2013 Milliy kutubxonada katalogizatsiya bo‘yicha olib borilgan ishlar
Joriy yilning 21-25 yanvargacha Kataloglashtirish va turkumlash-tirish xizmati tomonidan 325 ta yangi nomdagi avtoreferatlar  ro‘yxatdan o‘tkazildi.
325 ta avtoreferatga (quydagi sohalar bo‘yicha turkumlashtirildi: siyosat - 99 ta; ta'lim, madaniyat - 29 ta; tibbiyot - 63 ta; q.x. - 11 ta; adabiyotshunoslik - 4 ta; tilshunoslik - 12 ta; texnika - 66 ta; san'at - 5 ta; tabiiy fanlar - 33 ta; sport - 3 ta) texnik va ilmiy ishlov berilib, bibliografik tavsifi to‘ldirilib, kitobxonlar foydalanishi uchun kitob fondini va davriy nashrlarni saqlash xizmatiga topshirildi. 
23.01.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 23 yanvar kuni “Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
"Jahon adabiyoti" jurnali Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va taklifi bilan, O'zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov rahbarligida 1997 yil iyun oyidan nashr etila boshlagan.
Jurnalda turli adabiy-falsafiy maktablar, yo'nalishlar, oqimlarga mansub yozuvchi, faylasuf, san'at namoyandalarining sara asarlari joy oldi. Jurnal orqali adabiyotimizga kirib keladigan yangi badiiy tafakkur ana shunday shaxsni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
21.01.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Natlib-Service” dasturi ishga tushirildi

Kutubxonada zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini ta'minlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, ma'naviy-ahloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish maqsadida milliy kutubxona qator ishlarni amalga oshirmoqda.   

21.01.2013 O‘zbekiston Milliy kutubxonasining barcha o‘quv zallarida “AIBS-Dissertatsiya” dasturi o‘rnatildi.

Kutubxonadagi mavjud o‘quv zallar axborotlarni foydalanuvchilarga yetkazib berishda eng zamonaviy kompyuterlar, imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun maxsus kompyuterlar, nusha ko‘chirish apparatlari, skanerlar bilan ta'minlangan. Avtomatlashtirilgan texnologiyalarning joriy qilinishi kutubxona foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatish sifatining unumli va yuqori bo‘lishiga imkon berdi.    


Oldin   155 156 157 158 159 160 161 162 163 164 165 166 167 168 169 170 171 172 173 174 175 176 177    Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar