Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi - Bo`limga qaytish


28.08.2015

 

2015 yil 28 avgust kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti mualliflar jamoasi tomonidan chop etilgan “Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda madaniyat va san’at sohasi mutaxassislari, tilshunoslar va kutubxona foydalanuvchilari ishtirok etdilar.
 
Taqdimot marosimida O‘zbekiston davlat Madaniyat va san’at instituti prorektori, san’atshunoslik fanlari nomzodi, dotsent Go‘zal Holiqulova o‘z kirish so‘zida bu kabi lug‘atning O‘zbekistonda birinchilar qatorida nashr etilayotganligi, uning dolzarbligi, lug‘at o‘z ichiga olgan atamalar, ixtisosiy terminlar, kasblar, mutaxassisliklar, ibora va tushunchalarning qo‘llanish ko‘lami va lug‘atni tayyorlashda o‘z xissasini qo‘shgan mualliflar jamoasi haqida so‘zladi.
 
“Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” muallifi, sos.fanlari doktori, prof. Mansur Bekmurodov mazkur lug‘at ommalashgan atamalar qatorida hozirgi kunda keng jamoatchilik orasida yaxshi tanish bo‘lmagan so‘zlarning mohiyatini ochib berishi bilan birga, ularning qo‘llanilish usullarini ham tavsiya qilishini aytib o‘tdi. 
O‘zRFA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti direktori, prof. Nizomiddin Mahmudov lug‘at ko‘p sohalarni yaxlit umumlashtirganligi, unda berilgan so‘zlarnig tushunarli tasniflanganligini, ayniqsa, so‘zlar etimologiyasi, sinonimlari va izohlariga ahamiyat berilganligini, ma’nolarining keng yoritilganligi, jahon madaniyati va san’atining mumtoz tushunchalarini o‘z ichiga olganini alohida ta’kidladi va uning lug‘at tuzish tamoillariga javob berishini e’tirof etdi.
 
Taniqli adabiyotshunos olim, prof. Abdulla A’zam mazkur lug‘at to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirar ekan lug‘atning maxsus izohlar bilan boyitilganligi, san’at janrlari va shakllariga atroflicha ma’lumot berilganligi nafaqat san’at va madaniyat sohasi mutaxassislariga, balki keng kitobxonlar ommasiga ma’qul kelishiga ham umid bog‘ladi.
“Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” mualliflari nomidan so‘zga chiqqan sos.fanlari doktori, prof. Abdusalom Umarov taqdimot qatnashchilarini lug‘atning yaratilishiga sabab bo‘lgan omillar, uning yozilish jarayoni, mualliflar jamoyasi bilan tanishtirdi va hamkor nashriyotga va O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga minnatdorchilik bildirdi.
 
Lug‘atda atamalar madaniyat va san’at sohasidan tashqari boshqa sohalar bo‘yicha ham ta’riflanib, ularnig etimologiyasi, O‘zbekistonga va o‘zbek tili muomalasiga kirib kelishiga doir manbalar ham berilgan.
“Madaniyat va san’at atamalarining izohli lug‘ati” kitobining taqdimotiga kelganlar kitob mualliflari va ko‘rgazmali slaydlardan kitob haqida keng ma’lumotga ega bo‘ldilar va mualliflar jamoasiga ijodiy zafarlar tiladilar.

 
Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar