Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
  • Asosiy so’zlar
  • Kitob muallifi
Xalq e’tirofi – yuksak sharaf! - Bo`limga qaytish


31.08.2015

 

Mustaqillikka erishgach, O‘zbekiston o‘zligini, tarixiy an’analarini, milliy qadriyatlarini ifoda etuvchi, fuqarolarni yuksak mehnat yutuqlariga, sport g‘alabalariga va ilmiy yangiliklarga ruhlantiruvchi o‘z davlat mukofotlarini ta’sis etdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari - bu «O‘zbekiston Qaxramoni» unvoni («Oltin Yulduz» medali); «Mustaqillik» ordeni, «Amir Temur» ordeni, «Jaloliddin Manguberdi» ordeni, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni, «El-yurt hurmati» ordeni, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni, «Mehnat shuhrati» ordeni; I va II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, I va II darajali «Shon-sharaf» ordeni, «Do‘stlik» ordeni, «Jasorat» medali, «Sodiq xizmatlari uchun» medali, «Shuhrat» medali va 34ta faxriy unvonlardir. 
 
30.08.1991
Shon-sharaf
ordeni
 
Mazkur orden bilan Vatanni himoya qilishda ko‘rsatgan fidoyilik va mardlik uchun, O‘zbekistonda mudofaa qudratini va milliy xavfsizlikni mustahkamlash, qurolli kuchlarning jangovar tayyorgarligini oshirish va huquq-tartibotni ta’minlash ishidagi katta xizmatlari uchun mukofotlanadilar.
«Shon-sharaf» ordeni sakkiz qirrali yulduz ko‘rinishida bo‘lib, uning markazidan qalqon va qilichlar tasvirlangan. Ordenning chap va o‘ng qismlarida simmetrik tarzda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglaridagi yoyilib turgan mato joylashgan. Ordenning quyi qismida qalqon tagida «SNON-SNARAF» degan yozuv bor. Orden qadag‘ichi rangdor yo‘l-yo‘l shoyi mato bilan o‘ralgan.
30.08.1995
Mehnat shuhrati
ordeni
 
Bu orden bilan O‘zbekistonda iqtisodiyot va madaniyat yuksalishiga, xalq farovonligi oshishiga, tinchlik va barqarorlik saqlanishiga xizmat qiladigan ulkan ishlari uchun mukofotlanadilar.
«Mehnat shuhrati» ordenining yuqori qismida hilpirab turgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan. Uning markazida, quyosh fonida Toshkent shahridagi Istiqlol saroyi tasvirlangan. Doira paxta chanoqlari bilan hoshiyalangan. Pastda «MEHNAT SNUHRATI» degan kumush rang yozuv bor. Orden qadag‘ichi rangdor yo‘l-yo‘l shoyi mato bilan qoplangan.
29.08.1996
Buyuk xizmatlari uchun
ordeni
 
Mazkur orden bilan fan va texnikani, iqtisodiyot va madaniyatni rivojlantirishdagi katta xizmatlari, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga hamda O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratilgan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirish ishiga sezilarli hissa qo‘shganligi uchun taqdirlanadilar.
 «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni markazida bitta umumiy markazga ega bo‘lgan ikkita aylana joylashgan. Ichki aylanada ramziy tarzda tasvirlangan moviy rangdagi yer kurrasi fonida O‘zbekiston Respublikasi xaritasi tilla rangda tasvirlangan. Tashqi va ichki aylanalar o‘rtasida, yuqori qismida «BUYUK XIZMATLARI UCHUN» yozuvi joylashgan.
28.08.1998
El-yurt hurmati
ordeni
 
Bu orden bilan mamlakat mustaqilligini, uning iqtisodiy qudratini mustahkamlashga, milliy ma’naviyatni, madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo‘shgan, o‘z mehnati, ilmiy, jamoat ishi, mehnatsevarligi va vatanparvarligi bilan jamoatchilikning izzat-hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadi.
Ordenning markazida, doirada Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Tasvir atrofida «YeL-YURT HURMATI» degan yozuv, aylananing pastki qismida dafna novdasi joylashgan.
28.08.1998
O‘zbekiston iftixori
faxriy unvoni

Faxriy unvon jahon chempionatlarida, Olimpiya o‘yinlarida va shularga teng jahon sport anjumanlarida g‘oliblik — chempionlik unvoniga yerishgan hamda o‘z yutuqlari bilan Vatan obro‘sini, shoni va shuhratini ulug‘lashga ko‘maklashgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
 «O‘zbekiston iftixori» ko‘krak nishonida stadion tasviri va yashil rangli futbol maydoni aks ettirilgan, uning pastki qismida olimpiya ramzi — beshta o‘zaro bog‘liq halqalar joylashgan. Stadiondan yuqorida kumush rangdagi ikkita qo‘l tasvirlangan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Gerbini ko‘tarib turibdi. Nishonning yuqori qismida, gerb yuqorisida «O`ZBEKISTON IFTIXORI» degan yozuv joylashgan. Pastki qismida dafna shoxlari joylashgan. Qadag‘ichga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan.
30.08.2000
Jaloliddin Manguberdi
ordeni
 
Jaloliddin Manguberdi ordeni bilan mamlakat mustaqilligini, Vatan sarhadlarini, ona yurt tuprog‘ini himoya qilishda hamda uni ko‘z qorachig‘iday asrashda yuksak harbiy mahorat, qahramonlik va jasorat namunalarini ko‘rsatgan, davlatimizning mudofaa qudratini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan qo‘mondonlik tarkibiga kiruvchi harbiy xizmatchilar mukofotlanadilar. Jaloliddin Manguberdi ordenining markazida, taralayotgan nurlar fonida Jaloliddin Manguberdining tasviri joylashgan. Aylananing yuqori qismida doira bo‘ylab «JALOLIDDIN MANGUBERDI» degan yozuv joylashgan. Aylana uzra tillarang musamman joylashgan.
29.08.2003
 
Fidokorona xizmatlari uchun ordeni
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta’minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo‘shgan, o‘zining iste’dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko‘rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordenining markazidagi doirada Humo qushi tasvirlangan. Uning ortida O‘zbekiston Respublikasining oltinrang xaritasi joylashgan. Tasvir atrofidagi hoshiya uzra «FIDOKORONA XIZMATLARI UCHUN» so‘zlari yozilgan. Ordenning quyi qismida oq rangli paxta chanoqlari va tilla rangli bug‘doy boshoqlari tasvirlangan. Orden qadag‘ichiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan.
 

 

Oldin      Keyin
Yangi adabiyot va kitoblar
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 9-11 mart)
  • Yangi kelgan adabiyotlar (2016 yil 29 fevral – 5 mart)




 

natlib.uz Sizga manzurmi




Natijalar